QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят79

إِنِّى وَجَّهْتُ وَجْهِىَ لِلَّذِى فَطَرَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ حَنِيفًا ۖ وَمَآ أَنَا۠ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, men yuzimni osmonlaru yerni yaratgan Zotga, to`g`ri yo`lga moyil bo`lgan holimda, yuzlantirdim va men mushriklardan emasman.Албатта, мен юзимни осмонлару ерни яратган Зотга, тўғри йўлга мойил бўлган ҳолимда, юзлантирдим ва мен мушриклардан эмасман.Alauddin Mansour: Men haq yoʻlga moyil boʻlgan holimda, yuzimni osmonlar va Yerni yaratgan Zotga qaratdim va men mushriklardan emasman», dedi.Мен ҳақ йўлга мойил бўлган ҳолимда, юзимни осмонлар ва Ерни яратган Зотга қаратдим ва мен мушриклардан эмасман», деди.

137-sahifa · 7-juz · 14-hizb137-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنِّىalbatta, menалбатта, менوَجَّهْتُyuzlantirdimюзлантирдимوَجْهِىَyuzimniюзимниلِلَّذِىZotgaЗотгаفَطَرَyaratganяратганٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarniосмонларниوَٱلْأَرْضَva yerniва ерниحَنِيفًۭا ۖtoʻgʻri yoʻlga moyil holdaтўғри йўлга мойил ҳолдаوَمَآva emasва эмасأَنَا۠menменمِنَ-dan-данٱلْمُشْرِكِينَmushriklarмушриклар
TafsirТафсир

Bu iqror Ibrohim alayhissalomning mushrik qavmdan ajralib, yolgʻiz Alloh taologa, osmonlaru yerni yaratgan Zotga, mushriklar Unga shirk keltirayotgan but va sanamlar, oy-u yulduzlar va quyoshni yaratgan Zotning Oʻzigagina yuzlanganlarini eʼlon qilishlaridir. U kishining bu yuzlanishlari,–ushbu yoʻllari, millatlari haniflik deb nomlanadi. Bu degani–faqat toʻgʻrilikka moyil boʻlish, yuzlanish, yoʻl tutish deganidir.

Albatta, mushrik qavm Ibrohimdan buni eshitib indamay ketavermadi. Odatdagidek, botil fikrlarini himoya qilib, u kishi bilan bahslashishni boshladilar.