QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят78

فَلَمَّا رَءَا ٱلشَّمْسَ بَازِغَةً قَالَ هَـٰذَا رَبِّى هَـٰذَآ أَكْبَرُ ۖ فَلَمَّآ أَفَلَتْ قَالَ يَـٰقَوْمِ إِنِّى بَرِىٓءٌ مِّمَّا تُشْرِكُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Chiqayotgan quyoshni ko`rganda: «Mana shu Robbim. Bu kattaroq», – dedi. U ham botib ketganida: «Ey qavmim, men siz shirk keltirayotgan narsadan voz kechdim», – dedi.Чиқаётган қуёшни кўрганда: «Мана шу Роббим. Бу каттароқ», – деди. У ҳам ботиб кетганида: «Эй қавмим, мен сиз ширк келтираётган нарсадан воз кечдим», – деди.Alauddin Mansour: Bas, qachonki chiqayotgan quyoshni koʻrgach: «Mana shu Parvardigorim. Mana shu kattaroq-ku!» dedi. U ham botib ketgach: «Ey qavmim, men sizlarning shirkingizdan pokman.Бас, қачонки чиқаётган қуёшни кўргач: «Мана шу Парвардигорим. Мана шу каттароқ-ку!» деди. У ҳам ботиб кетгач: «Эй қавмим, мен сизларнинг ширкингиздан покман.

137-sahifa · 7-juz · 14-hizb137-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَمَّاbas, qachonkiбас, қачонкиرَءَاkoʻrgandaкўргандаٱلشَّمْسَquyoshniқуёшниبَازِغَةًۭchiqayotganчиқаётганقَالَdediдедиهَـٰذَاmana shuмана шуرَبِّىRobbimРоббимهَـٰذَآbuбуأَكْبَرُ ۖkattaroqкаттароқفَلَمَّآbas, qachonkiбас, қачонкиأَفَلَتْu ham botib ketganidaу ҳам ботиб кетганидаقَالَdediдедиيَـٰقَوْمِey qavmimэй қавмимإِنِّىalbatta, menалбатта, менبَرِىٓءٌۭvoz kechdimвоз кечдимمِّمَّاnarsadanнарсаданتُشْرِكُونَsiz shirk keltirayotganсиз ширк келтираётган
TafsirТафсир

Demak, oldingi urinishlar ham–ibodatga sazovor zotni izlash yoʻlidagi urinishlar ham Ibrohimning qavmi guvohligida boʻlgan edi. Ibrohim, ular ibodat qilayotgan narsalar haqiqatan ham xudo boʻlishi mumkinmi, degan savolga mushrik qavmning koʻzi oʻngida ularning nuqtai nazarida turib fikr yuritgan. Shu yoʻl bilan ularning ochiq-oydin adashuvda ekanliklarini amalda koʻrsatishga uringan. Har bir insonning koʻziga yaqqol tashlanib, uni doimo hayratga solib turuvchi samoviy jismlardan biri quyoshdir. Ehtimol, uni xudo deb eʼtiqod qilish, unga ibodat qilish mumkindir?

«Chiqayotgan quyoshni koʻrganda: «Mana shu Robbim. Bu kattaroq», – dedi».

Ammo u ham botadi. U ham maʼlum qoidaga boʻysunadi. U ham xudo boʻla olmaydi.

«U ham botib ketganida: «Ey qavmim, men siz shirk keltirayotgan narsadan voz kechdim», – dedi».

Demak, qavmning xudo deb eʼtiqod qilayotgan narsalarining hammasi bir pulga ham arzimaydi. Bulardan voz kechish lozim.

«Ey qavmim, men siz shirk keltirayotgan narsadan voz kechdim».

Mening ular bilan hech qanday aloqam yoʻq. Men ulardan pokman. Mening yuzlanadigan Robbim bor: