فَلَمَّا رَءَا ٱلْقَمَرَ بَازِغًا قَالَ هَـٰذَا رَبِّى ۖ فَلَمَّآ أَفَلَ قَالَ لَئِن لَّمْ يَهْدِنِى رَبِّى لَأَكُونَنَّ مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلضَّآلِّينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Chiqayotgan oyni ko`rganda: «Mana shu Robbimdir», – dedi. U ham botganida: «Agar Robbim meni to`g`ri yo`lga boshlamasa, albatta, adashuvchilardan bo`laman», – dedi.Чиқаётган ойни кўрганда: «Мана шу Роббимдир», – деди. У ҳам ботганида: «Агар Роббим мени тўғри йўлга бошламаса, албатта, адашувчилардан бўламан», – деди.Alauddin Mansour: Bas, qachonki chiqayotgan oyni koʻrgach: «Mana shu Parvardigorim», dedi. U ham botib ketgach: «Qasamki, agar Parvardigorimning Oʻzi meni hidoyat qilmasa, yoʻldan ozgan qavmdan boʻlib qolurman», dedi.Бас, қачонки чиқаётган ойни кўргач: «Мана шу Парвардигорим», деди. У ҳам ботиб кетгач: «Қасамки, агар Парвардигоримнинг Ўзи мени ҳидоят қилмаса, йўлдан озган қавмдан бўлиб қолурман», деди.
Ibrohim alayhissalom oyni avval ham koʻrib yurgan edi, ammo bu dafʼa unga boshqacha nazar bilan qaramoqda. Yuduzdan koʻra oy yorqinroq va ulkanroq tuyulmoqda. Ehtimol, uni xudo desa boʻlar? Ehtimol, u botmas?
«Chiqayotgan oyni koʻrganda: «Mana shu Robbimdir», – dedi».
Ammo... ammo u ham botib ketdi-ku! Bu ham boʻlmadi.
«U ham botganida: «Agar Robbim meni toʻgʻri yoʻlga boshlamasa, albatta, adashuvchilardan boʻlaman», – dedi».
Allohning Oʻzi, Robbi Haqiqiyning Oʻzi hidoyatga boshlamasa, ish chatoq, odamning adashishi turgan gap. Yoki yana bir bor urinib koʻrish kerakmi?