QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят76

فَلَمَّا جَنَّ عَلَيْهِ ٱلَّيْلُ رَءَا كَوْكَبًا ۖ قَالَ هَـٰذَا رَبِّى ۖ فَلَمَّآ أَفَلَ قَالَ لَآ أُحِبُّ ٱلْـَٔافِلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uni tun o`rab olganida yulduzni ko`rib: «Mana shu Robbimdir», – dedi. U botib ketganida esa: «Botuvchilarni yoqtirmasman», – dedi.Уни тун ўраб олганида юлдузни кўриб: «Мана шу Роббимдир», – деди. У ботиб кетганида эса: «Ботувчиларни ёқтирмасман», – деди.Alauddin Mansour: Bas, qachonki uni tun oʻrab olganida yulduzni koʻrib: «Mana shu Parvardigorim», dedi. U botib ketgach: «Botib ketguvchilarni suymayman», dedi.Бас, қачонки уни тун ўраб олганида юлдузни кўриб: «Мана шу Парвардигорим», деди. У ботиб кетгач: «Ботиб кетгувчиларни суймайман», деди.

137-sahifa · 7-juz · 14-hizb137-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَمَّاbas, qachonkiбас, қачонкиجَنَّoʻrab olganidaўраб олганидаعَلَيْهِuniуниٱلَّيْلُtunтунرَءَاkoʻrdiкўрдиكَوْكَبًۭا ۖyulduzniюлдузниقَالَdediдедиهَـٰذَاmana shuмана шуرَبِّى ۖRobbimdirРоббимдирفَلَمَّآbas, qachonkiбас, қачонкиأَفَلَu botib ketganidaу ботиб кетганидаقَالَdediдедиلَآemasэмасأُحِبُّyoqtiramanёқтираманٱلْـَٔافِلِينَbotuvchilarniботувчиларни
TafsirТафсир

But va sanamlar xudo boʻla olishi mumkin emasligi bir boqishdayoq ayon boʻldi. Endi Ibrohim alayhissalom oʻz qavmi xudo deb eʼtiqod qiladigan narsalardan kattarogʻlariga ham bir-bir nazar tashlab chiqmoqchi boʻldi. Maʼlumki, xaldoniylar yulduzni ham xudo deb, eʼtiqod qilar edilar. Kishini tun oʻrab olganida koʻziga yaqqol koʻrinadigan porloq jism–yulduz boʻladi.

«Uni tun oʻrab olganida yulduzni koʻrib: «Mana shu Robbimdir», – dedi».

Bepoyon osmonda, baland-balandlarda nur sochib turibdi. U hammani koʻrib turgan boʻlishi mumkin. Ibrohim alayhissalomning qavmi ham behudaga yulduzga ibodat qilmayotgandir? Shuning uchun ham, yulduz xudo boʻlishi mumkinligini jiddiy oʻylab koʻrish kerak. Ehtimol, haqiqatan ham mana shu yulduz Robbdir?! Ammo... ammo... botib ketdi-ku? Xudo boʻlsa, botarmidi? Xudo boʻlsa, maʼlum vaqtda koʻrinib, maʼlum vaqtda koʻrinmay qolarmidi? Vaqti kelganda chiqib, belgilangan vaqti yetganda botib ketarmidi? Botuvchilar xudo boʻla olmaydi.

«U botib ketganida esa: «Botuvchilarni yoqtirmasman», – dedi».

Xoʻsh, bu ham xudo boʻla olmasa, xudo qani? Boshqa yoqdan izlash kerak. Qani, bir qarab koʻrsin-chi, ehtimol, topilib qolar. Ibrohim atrofga qarab: