QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-An'am surasi · Oyatсураси · Оят75

وَكَذَٰلِكَ نُرِىٓ إِبْرَٰهِيمَ مَلَكُوتَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَلِيَكُونَ مِنَ ٱلْمُوقِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Xuddi shunday qilib, Ibrohimga, aniq ishonuvchilardan bo`lishi uchun, osmonlaru yerning mulklarini ko`rsaturmiz.Худди шундай қилиб, Иброҳимга, аниқ ишонувчилардан бўлиши учун, осмонлару ернинг мулкларини кўрсатурмиз.Alauddin Mansour: Shunday qilib Ibrohimga (oʻzi uchun hujjat qilib olishi) va aniq ishonuvchilardan boʻlib qolishi uchun osmonlar va Yer mamlakatlarini koʻrsaturmiz.Шундай қилиб Иброҳимга (ўзи учун ҳужжат қилиб олиши) ва аниқ ишонувчилардан бўлиб қолиши учун осмонлар ва Ер мамлакатларини кўрсатурмиз.

137-sahifa · 7-juz · 14-hizb137-саҳифа · 7-жуз · 14-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَكَذَٰلِكَva xuddi shunday qilibва худди шундай қилибنُرِىٓkoʻrsatamizкўрсатамизإِبْرَٰهِيمَIbrohimgaИброҳимгаمَلَكُوتَmulklariniмулклариниٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِva yerningва ернингوَلِيَكُونَva boʻlishi uchunва бўлиши учунمِنَ-dan-данٱلْمُوقِنِينَaniq ishonuvchilarаниқ ишонувчилар
TafsirТафсир

Yaʼni, Ibrohimga xuddi otasi va uning qavmi ochiq-oydin adashuvda ekanligini sof qalbi va ongi ila koʻrsatganimizdek, unga ushbu sof qalb va ong ila osmonlaru yerdagi mulklarni, ulardagi siru asrorlarni ham koʻrsatamiz. Shunda u, but va sanamlarga ibodat qilishni inkor etish darajasidan, Allohga shaksiz ishonuvchilik darajasiga koʻtariladi.

Endi, Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga koʻrsatgan mulklardan baʼzilari zikr qilinadi: