ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَلَمْ يَلْبِسُوٓا۟ إِيمَـٰنَهُم بِظُلْمٍ أُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُمُ ٱلْأَمْنُ وَهُم مُّهْتَدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iymon keltirganlar va iymonlariga zulmni aralashtirmaganlar. Ana o`shalarga xotirjamlik, omonlik bor. Ular hidoyat topganlardir.Иймон келтирганлар ва иймонларига зулмни аралаштирмаганлар. Ана ўшаларга хотиржамлик, омонлик бор. Улар ҳидоят топганлардир.Alauddin Mansour: Iymon keltirgan, oʻz iymonlarini zulm (shirk) bilan aralashtirmagan zotlar — ana oʻshalar xotirjam boʻlguvchidirlar va oʻshalar hidoyat topguvchidirlar.Иймон келтирган, ўз иймонларини зулм (ширк) билан аралаштирмаган зотлар — ана ўшалар хотиржам бўлгувчидирлар ва ўшалар ҳидоят топгувчидирлар.
Demak, xotirjam boʻlish, turli azob-uqubatlardan omonda boʻlish uchun iymon lozim va bu iymonga zulm aralashtirmaslik kerak. Ushbu oyati karimadagi zulmdan murod–shirkdir. Sahobai kiromlar bu oyat tushgandan keyin Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan va oʻzaro bir-birlaridan soʻraganlarida, zulmdan murod shirk ekanligi ayon boʻlgan. Albatta, Allohga iymon keltirgan, ixlos qilgan hamda eʼtiqodda, ibodatda va amalda Unga hech narsani sherik qilmaydiganlar har bir narsaga qodir Allohning himoyasida boʻladilar. Unday Zotning himoyasidagi odam esa, doim xotirjam va omonlikdadir. Ana oʻshalar hidoyat topganlar boʻladi.