وَتِلْكَ حُجَّتُنَآ ءَاتَيْنَـٰهَآ إِبْرَٰهِيمَ عَلَىٰ قَوْمِهِۦ ۚ نَرْفَعُ دَرَجَـٰتٍ مَّن نَّشَآءُ ۗ إِنَّ رَبَّكَ حَكِيمٌ عَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalar, Ibrohimga qavmiga qarshi (tortishuvda) bergan hujjatlarimizdir. Kimni xohlasak, darajasini ko`taramiz. Albatta, Robbing hikmatli va yaxshi biluvchi Zotdir.Ана ўшалар, Иброҳимга қавмига қарши (тортишувда) берган ҳужжатларимиздир. Кимни хоҳласак, даражасини кўтарамиз. Албатта, Роббинг ҳикматли ва яхши билувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Mana shular Ibrohimga qavmi ustida bergan hujjatlarimizdir. Biz Oʻzimiz xohlagan kishilarni (mana shunday baland) darajalarga koʻtarurmiz. Albatta, Parvardigoringiz hikmat egasi va bilguvchidir.Мана шулар Иброҳимга қавми устида берган ҳужжатларимиздир. Биз Ўзимиз хоҳлаган кишиларни (мана шундай баланд) даражаларга кўтарурмиз. Албатта, Парвардигорингиз ҳикмат эгаси ва билгувчидир.
Mushrik qavm bilan tortishgan Ibrohim alayhissalomga Allohning Oʻzi «Ayt» degan xitoblar bilan qavmga qarshi qanday hujjat-dalillar keltirishini oʻrgatib turdi. Alloh taolodan kelgan hujjatlarni qoʻllagan Ibrohim alayhissalom tortishuvda mushriklardan ustun keldilar. Gʻolib boʻldilar. Bu bilan Alloh taolo u kishining darajalarini ulugʻ qildi.
«Albatta, Robbing hikmatli va yaxshi biluvchi Zotdir».
Shuning uchun, U kimga hujjat berishni, kimni gʻolib qilishni yaxshi biladi va hikmati ila yoʻlga soladi.
Keyingi oyatlarda Alloh taolo Paygʻambarlarini, ularning iymon yoʻlidagi jihodlarini sura siyoqiga mos zikr qiladi: