Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَّخِذُوا۟ عَدُوِّى وَعَدُوَّكُمْ أَوْلِيَآءَ تُلْقُونَ إِلَيْهِم بِٱلْمَوَدَّةِ وَقَدْ كَفَرُوا۟ بِمَا جَآءَكُم مِّنَ ٱلْحَقِّ يُخْرِجُونَ ٱلرَّسُولَ وَإِيَّاكُمْ ۙ أَن تُؤْمِنُوا۟ بِٱللَّهِ رَبِّكُمْ إِن كُنتُمْ خَرَجْتُمْ جِهَـٰدًا فِى سَبِيلِى وَٱبْتِغَآءَ مَرْضَاتِى ۚ تُسِرُّونَ إِلَيْهِم بِٱلْمَوَدَّةِ وَأَنَا۠ أَعْلَمُ بِمَآ أَخْفَيْتُمْ وَمَآ أَعْلَنتُمْ ۚ وَمَن يَفْعَلْهُ مِنكُمْ فَقَدْ ضَلَّ سَوَآءَ ٱلسَّبِيلِ ﴿١﴾
Ey, iymon keltirganlar! Agar Mening yo'limda jihod qilib va roziligimni so'rab chiqqan bo'lsangiz, Mening dushmanlarimni va o'zingizning dushmanlaringizni do'st tutmanglar. Sizlar ularga do'stlik qilasizlar, ular bo'lsa, sizlarga kelgan haqqa kufr keltirurlar. Robbingiz bo'lmish Allohga iymon keltirganingiz uchun, Payg'ambarni va sizni haydab chiqarurlar. Siz ularga do'stlik qilib sir aytursiz. Holbuki, Men nimani maxfiy tutganingizniyu nimani oshkor qilganingizni juda yaxshi bilurman. Oralaringizda kim o'sha ishni qilsa, to'g'ri yo'ldan adashgan bo'lur.
إِن يَثْقَفُوكُمْ يَكُونُوا۟ لَكُمْ أَعْدَآءً وَيَبْسُطُوٓا۟ إِلَيْكُمْ أَيْدِيَهُمْ وَأَلْسِنَتَهُم بِٱلسُّوٓءِ وَوَدُّوا۟ لَوْ تَكْفُرُونَ ﴿٢﴾
Agar ular sizdan ustun kelsalar, sizga dushman bo'lurlar va sizlarga qo'llariyu tillari bilan yomonlik yetkazishga intilurlar. Va sizlarning kofir bo'lishlaringizni xohlarlar.
لَن تَنفَعَكُمْ أَرْحَامُكُمْ وَلَآ أَوْلَـٰدُكُمْ ۚ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ يَفْصِلُ بَيْنَكُمْ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ ﴿٣﴾
Qarindoshlaringiz va farzandlaringiz sizga hech manfaat bera olmaslar. Qiyomat kuni U zot oralaringizni bo'ladir. Alloh nima qilayotganingizni ko'rib turguvchidir.
قَدْ كَانَتْ لَكُمْ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ فِىٓ إِبْرَٰهِيمَ وَٱلَّذِينَ مَعَهُۥٓ إِذْ قَالُوا۟ لِقَوْمِهِمْ إِنَّا بُرَءَٰٓؤُا۟ مِنكُمْ وَمِمَّا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ كَفَرْنَا بِكُمْ وَبَدَا بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمُ ٱلْعَدَٰوَةُ وَٱلْبَغْضَآءُ أَبَدًا حَتَّىٰ تُؤْمِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَحْدَهُۥٓ إِلَّا قَوْلَ إِبْرَٰهِيمَ لِأَبِيهِ لَأَسْتَغْفِرَنَّ لَكَ وَمَآ أَمْلِكُ لَكَ مِنَ ٱللَّهِ مِن شَىْءٍ ۖ رَّبَّنَا عَلَيْكَ تَوَكَّلْنَا وَإِلَيْكَ أَنَبْنَا وَإِلَيْكَ ٱلْمَصِيرُ ﴿٤﴾
Haqiqatan, sizlarga Ibrohim va u bilan birga bo'lganlarda yaxshi o'rnak bor. Ular: «Biz sizdan va siz ibodat qilayotgan narsadan bezormiz, sizga kufr keltirdik, endi, toki yagona Allohga iymon keltirmagunlaringizcha, oramizda doimiy adovat va kuchli nafrat paydo bo'ldi», dedilar. Ammo, Ibrohimning otasiga qarata: «Albatta, sen uchun istig'for aytaman. Sendan Alloh(azobi)dan biror narsa qaytarishga molik emasman», degan so'zida (o'rnak yo'q). «Ey Robbimiz, faqat Senga tavakkal qildik, faqat Sengagina qaytdik va qaytib boradigan joy ham faqat Sengaginadir».
رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا فِتْنَةً لِّلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَٱغْفِرْ لَنَا رَبَّنَآ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ ﴿٥﴾
«Ey Robbimiz, bizni kofirlarga fitna qilib qo'ymagin va bizni kechirgin. Ey Robbimiz, albatta Sen, O'zing o'olibsan va Hakiymsan».
لَقَدْ كَانَ لَكُمْ فِيهِمْ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ لِّمَن كَانَ يَرْجُوا۟ ٱللَّهَ وَٱلْيَوْمَ ٱلْـَٔاخِرَ ۚ وَمَن يَتَوَلَّ فَإِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ ﴿٦﴾
Albatta, kimning Allohdan va qiyomat kunidan umidi bo'lsa, shular uchun ularda yaxshi o'rnak bor edi. Lekin kim yuz o'girsa (bilib qo'ysinki), Alloh behojat, maqtalgan Zotdir.
۞ عَسَى ٱللَّهُ أَن يَجْعَلَ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَ ٱلَّذِينَ عَادَيْتُم مِّنْهُم مَّوَدَّةً ۚ وَٱللَّهُ قَدِيرٌ ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ ﴿٧﴾
Shoyadki, Alloh sizlar bilan ular ichidagi dushmanlaringiz o'rtasida do'stlik paydo qilsa, Alloh bunga qodirdir. Alloh kechiruvchi va rahiymlidir.
لَّا يَنْهَىٰكُمُ ٱللَّهُ عَنِ ٱلَّذِينَ لَمْ يُقَـٰتِلُوكُمْ فِى ٱلدِّينِ وَلَمْ يُخْرِجُوكُم مِّن دِيَـٰرِكُمْ أَن تَبَرُّوهُمْ وَتُقْسِطُوٓا۟ إِلَيْهِمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُقْسِطِينَ ﴿٨﴾
Alloh sizlarni diniy urush qilmagan va diyorlaringizdan quvib chiqarmaganlarga yaxshilik va adolat qilishdan qaytarmas. Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni yaxshi ko'radir.
إِنَّمَا يَنْهَىٰكُمُ ٱللَّهُ عَنِ ٱلَّذِينَ قَـٰتَلُوكُمْ فِى ٱلدِّينِ وَأَخْرَجُوكُم مِّن دِيَـٰرِكُمْ وَظَـٰهَرُوا۟ عَلَىٰٓ إِخْرَاجِكُمْ أَن تَوَلَّوْهُمْ ۚ وَمَن يَتَوَلَّهُمْ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّـٰلِمُونَ ﴿٩﴾
Albatta, Alloh sizlarni diniy urush qiluvchilar, diyoringizdan chiqaruvchilar va chiqarilishingizga yordam berganlarga do'stlik qilishdan qaytaradir. Ularni do'st tutganlar zolim kishilardir.
يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا جَآءَكُمُ ٱلْمُؤْمِنَـٰتُ مُهَـٰجِرَٰتٍ فَٱمْتَحِنُوهُنَّ ۖ ٱللَّهُ أَعْلَمُ بِإِيمَـٰنِهِنَّ ۖ فَإِنْ عَلِمْتُمُوهُنَّ مُؤْمِنَـٰتٍ فَلَا تَرْجِعُوهُنَّ إِلَى ٱلْكُفَّارِ ۖ لَا هُنَّ حِلٌّ لَّهُمْ وَلَا هُمْ يَحِلُّونَ لَهُنَّ ۖ وَءَاتُوهُم مَّآ أَنفَقُوا۟ ۚ وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ أَن تَنكِحُوهُنَّ إِذَآ ءَاتَيْتُمُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ ۚ وَلَا تُمْسِكُوا۟ بِعِصَمِ ٱلْكَوَافِرِ وَسْـَٔلُوا۟ مَآ أَنفَقْتُمْ وَلْيَسْـَٔلُوا۟ مَآ أَنفَقُوا۟ ۚ ذَٰلِكُمْ حُكْمُ ٱللَّهِ ۖ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ ۚ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ ﴿١٠﴾
Ey, iymon keltirganlar! Agar sizlarga mo'minalar hijrat qilib kelsalar, ularni imtihon qilib ko'ringlar. Alloh ularning iymonini bilguvchidir. Bas, mo'minaliklarini bilsangiz, ularni kofirlarga qaytarib yubormang. Bu(ayol)lar ularga halol emas va ular ham bularga halol bo'lmaslar. Va u(kofir)larga nafaqa qilgan narsalarini beringlar. Va agar u(ayol)larni mahrlarini berib, nikohlab olsangizlar, sizlarga gunoh bo'lmas. Kofir xotinlaringizni nikohlaringizda ushlab turmanglar. Nafaqa qilgan narsalaringizni so'ranglar, ular ham nafaqa qilgan narsalarini so'rasinlar. Bu, sizlarga Allohning hukmidir. U, orangizda hukm qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatlidir.
وَإِن فَاتَكُمْ شَىْءٌ مِّنْ أَزْوَٰجِكُمْ إِلَى ٱلْكُفَّارِ فَعَاقَبْتُمْ فَـَٔاتُوا۟ ٱلَّذِينَ ذَهَبَتْ أَزْوَٰجُهُم مِّثْلَ مَآ أَنفَقُوا۟ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ٱلَّذِىٓ أَنتُم بِهِۦ مُؤْمِنُونَ ﴿١١﴾
Agar ayollaringizdan birortasi kofirlarga o'tib ketsa, urushda tushirilgan o'ljadan xotini ketib qolganga u nafaqa qilgan miqdorni beringiz. O'zingiz iymon keltirgan Allohdan qo'rqing.
يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ إِذَا جَآءَكَ ٱلْمُؤْمِنَـٰتُ يُبَايِعْنَكَ عَلَىٰٓ أَن لَّا يُشْرِكْنَ بِٱللَّهِ شَيْـًٔا وَلَا يَسْرِقْنَ وَلَا يَزْنِينَ وَلَا يَقْتُلْنَ أَوْلَـٰدَهُنَّ وَلَا يَأْتِينَ بِبُهْتَـٰنٍ يَفْتَرِينَهُۥ بَيْنَ أَيْدِيهِنَّ وَأَرْجُلِهِنَّ وَلَا يَعْصِينَكَ فِى مَعْرُوفٍ ۙ فَبَايِعْهُنَّ وَٱسْتَغْفِرْ لَهُنَّ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ ﴿١٢﴾
Ey Nabiy! Agar mo'minalar senga Allohga hech narsani shirk keltirmaslik, o'g'rilik qilmaslik, zino qilmaslik, bolalarini o'ldirmaslik, qo'llari va oyoqlari orasidan bo'hton to'qib keltirmaslik va senga yaxshilik ishda isyon qilmaslikka bay'at qilib kelsalar, ularning bay'atini qabul qil. Va Allohdan ularning gunohini kechishni so'ra. Albatta, Alloh gunohlarni kechiruvchi va mehribondir.
يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَوَلَّوْا۟ قَوْمًا غَضِبَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ قَدْ يَئِسُوا۟ مِنَ ٱلْـَٔاخِرَةِ كَمَا يَئِسَ ٱلْكُفَّارُ مِنْ أَصْحَـٰبِ ٱلْقُبُورِ ﴿١٣﴾
Ey, iymon keltirganlar! Allohning g'azabiga uchragan qavmni do'st tutmanglar. Kofirlar qabr egalaridan umid uzganlaridek, ular ham oxiratdan umid uzganlar.