وَأُخْرَىٰ تُحِبُّونَهَا ۖ نَصْرٌ مِّنَ ٱللَّهِ وَفَتْحٌ قَرِيبٌ ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va sizlar yaxshi ko`radigan boshqasi ham bor. Allohdan yordam va yaqin zafar. Va mo`minlarga bashorat ber.Ва сизлар яхши кўрадиган бошқаси ҳам бор. Аллоҳдан ёрдам ва яқин зафар. Ва мўминларга башорат бер.Alauddin Mansour: Va (Alloh sizlarga) yana boshqa sizlar suyadigan (bir neʼmatni ham berurki, u) Alloh tomonidan boʻlgan gʻalaba va yaqin(da roʻy berguvchi Makka) fathidir. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), moʻminlarga (mana shu) xushxabarni yetkazing!Ва (Аллоҳ сизларга) яна бошқа сизлар суядиган (бир неъматни ҳам берурки, у) Аллоҳ томонидан бўлган ғалаба ва яқин(да рўй бергувчи Макка) фатҳидир. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), мўминларга (мана шу) хушхабарни етказинг!
Ushbu oyat Qurʼoni Karimning gʻoyibdan bergan xabarlaridan boʻlib, ulkan moʻʼjiza hamdir. Chunki, u Makkai Mukarrama fath etilishidan avval tushgan. Bundan bir oz vaqtdan keyin Alloh taolo ushbu oyatda bergan vaʼdasi ustidan chiqdi. Alloh taoloning yordami boʻlib, Makka musulmonlar qoʻliga oʻtdi. Soʻng tezda butun Arabiston yarim oroliga Islom dini tarqaldi.
Suraning oxirgi oyatida Qurʼoni Karim musulmonlarni Allohning diniga, Iyso alayhissalomga havoriylar qandoq yordam bergan boʻlsa, shundoq yordam berishga chaqiradi.