يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ كُونُوٓا۟ أَنصَارَ ٱللَّهِ كَمَا قَالَ عِيسَى ٱبْنُ مَرْيَمَ لِلْحَوَارِيِّـۧنَ مَنْ أَنصَارِىٓ إِلَى ٱللَّهِ ۖ قَالَ ٱلْحَوَارِيُّونَ نَحْنُ أَنصَارُ ٱللَّهِ ۖ فَـَٔامَنَت طَّآئِفَةٌ مِّنۢ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ وَكَفَرَت طَّآئِفَةٌ ۖ فَأَيَّدْنَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ عَلَىٰ عَدُوِّهِمْ فَأَصْبَحُوا۟ ظَـٰهِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Allohning yordamchilari bo`ling! Iyso ibn Maryam havoriylarga: «Kim Alloh uchun mening yordamchim(bo`ladi)?» deganida, havoriylar: «Biz Allohning yordamchilarimiz», dedilar. Bas, Bani Isroildan bir toifa iymon keltirdi va bir toifa kofir bo`ldi. Bas, Biz iymon keltirganlarni dushmanlari ustidan qo`llab-quvvatladik. Va ular g`olib bo`ldilar.Эй, иймон келтирганлар! Аллоҳнинг ёрдамчилари бўлинг! Ийсо ибн Марям ҳаворийларга: «Ким Аллоҳ учун менинг ёрдамчим(бўлади)?» деганида, ҳаворийлар: «Биз Аллоҳнинг ёрдамчиларимиз», дедилар. Бас, Бани Исроилдан бир тоифа иймон келтирди ва бир тоифа кофир бўлди. Бас, Биз иймон келтирганларни душманлари устидан қўллаб-қувватладик. Ва улар ғолиб бўлдилар.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, sizlar ham xuddi (havoriylar kabi) Allohning yordamchilari boʻlingiz! — Iyso binni Maryam havoriylarga: «Allohga (yaʼni, Uning diniga daʼvat qilishimda) kim mening yordamchim boʻlur?», deganida, havoriylar aytdilar: «Biz Allohning (diniga) yordam berguvchilarmiz». Bas, Bani Isroildan bir toifa (odamlar Iysoga) iymon keltirdi va bir toifa kofir boʻldi. Bas, Biz iymon keltirgan zotlarni dushmanlaridan kuchli qilib, ular (kofirlar ustiga) gʻolib boʻlib qoldilar.Эй мўминлар, сизлар ҳам худди (ҳаворийлар каби) Аллоҳнинг ёрдамчилари бўлингиз! — Ийсо бинни Марям ҳаворийларга: «Аллоҳга (яъни, Унинг динига даъват қилишимда) ким менинг ёрдамчим бўлур?», деганида, ҳаворийлар айтдилар: «Биз Аллоҳнинг (динига) ёрдам бергувчилармиз». Бас, Бани Исроилдан бир тоифа (одамлар Ийсога) иймон келтирди ва бир тоифа кофир бўлди. Бас, Биз иймон келтирган зотларни душманларидан кучли қилиб, улар (кофирлар устига) ғолиб бўлиб қолдилар.
Havoriylar Iyso alayhissalomning shogirdlari, u kishiga yaqin odamlardir. Alloh taolo bu oyati karimada musulmonlarni Islom diniga xizmat qilishga chaqirmoqda va bu xizmatni «Allohga yordamchi boʻlish» deb atamoqda.
«Ey, iymon keltirganlar! Allohning yordamchilari boʻling!»
Demak, kimki dinga xizmat qilsa, diniy ishlarga yordam bersa, bevosita Alloh taoloning oʻziga yordam bergan boʻlar ekan.
Bu ishda Iyso alayhissalomning yaqin yordamchilari boʻlgan havoriylardan oʻrnak olish kerakligi uqtirilmoqda.
«Iyso ibn Maryam havoriylarga: «Kim Alloh uchun mening yordamchim(boʻladi))?» deganida, havoriylar: «Biz Allohning yordamchilarimiz», dedilar.»
Havoriylar fidokorlik bilan Iyso alayhissalomga, u zot orqali Allohning diniga xizmat qilgan edilar va oqibatda kofirlar ustidan gʻolib boʻldilar. Ha:
«Bas, Bani Isroildan bir toifa iymon keltirdi va bir toifa kofir boʻldi. Bas, Biz iymon keltirganlarni dushmanlari ustidan qoʻllab-quvvatladik. Va ular gʻolib boʻldilar».
Oyatdan maʼlum boʻladiki, agar bandalar Alloh taoloning diniga xizmat qilsalar, oʻz navbatida Alloh taolo ularni doimo qoʻllabquvvatlar ekan. Alloh taolo hammamizning faqat Oʻzi uchun, Oʻzining dini uchun xizmat qiladiganlardan boʻlishimizni nasib etsin.