Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
يُسَبِّحُ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ٱلْمَلِكِ ٱلْقُدُّوسِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَكِيمِ ﴿١﴾
Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Malik, Quddus, Aziyz va Hakiym bo'lgan Allohga tasbih aytadir.
هُوَ ٱلَّذِى بَعَثَ فِى ٱلْأُمِّيِّـۧنَ رَسُولًا مِّنْهُمْ يَتْلُوا۟ عَلَيْهِمْ ءَايَـٰتِهِۦ وَيُزَكِّيهِمْ وَيُعَلِّمُهُمُ ٱلْكِتَـٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَإِن كَانُوا۟ مِن قَبْلُ لَفِى ضَلَـٰلٍ مُّبِينٍ ﴿٢﴾
U zot savodsizlar ichidan, garchi ular bundan avval ochiq zalolatda bo'lsalar ham, ularga oyatlarini o'qib beradigan va ularni poklaydigan hamda kitobni va hikmatni o'rgatadigan Payg'ambarni yubordi.
وَءَاخَرِينَ مِنْهُمْ لَمَّا يَلْحَقُوا۟ بِهِمْ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ ﴿٣﴾
Va hozircha ularga qo'shilmagan boshqalarga ham. Va U zot g'olib va hikmat egasidir.
ذَٰلِكَ فَضْلُ ٱللَّهِ يُؤْتِيهِ مَن يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ ذُو ٱلْفَضْلِ ٱلْعَظِيمِ ﴿٤﴾
Bu narsa Allohning fazlidir (va uni) xohlagan kishisiga beradir. Alloh ulug' fazl egasidir.
مَثَلُ ٱلَّذِينَ حُمِّلُوا۟ ٱلتَّوْرَىٰةَ ثُمَّ لَمْ يَحْمِلُوهَا كَمَثَلِ ٱلْحِمَارِ يَحْمِلُ أَسْفَارًۢا ۚ بِئْسَ مَثَلُ ٱلْقَوْمِ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِ ٱللَّهِ ۚ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّـٰلِمِينَ ﴿٥﴾
Ustlariga Tavrot yuklatilgan, so'ngra uni ko'tarmaganlar misoli ustiga kitob yuklangan eshakka o'xsharlar. Allohning oyatlarini yolg'onga chiqargan qavmning misoli qandoq ham yomon. Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas.
قُلْ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ هَادُوٓا۟ إِن زَعَمْتُمْ أَنَّكُمْ أَوْلِيَآءُ لِلَّهِ مِن دُونِ ٱلنَّاسِ فَتَمَنَّوُا۟ ٱلْمَوْتَ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ ﴿٦﴾
Sen: «Ey, yahudiy bo'lganlar, albatta, siz, boshqalardan farqli o'laroq, Allohning avliyolarimiz deb da'vo qiladigan bo'lsangiz, bas, o'limni orzu qiling, agar rostgo'y bo'lsangiz», deb ayt.
وَلَا يَتَمَنَّوْنَهُۥٓ أَبَدًۢا بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ ۚ وَٱللَّهُ عَلِيمٌۢ بِٱلظَّـٰلِمِينَ ﴿٧﴾
Ular qo'llari qilgan(gunoh)lari tufayli hech qachon u(o'lim)ni orzu qilmaslar. Alloh zolimlarni biluvchidir.
قُلْ إِنَّ ٱلْمَوْتَ ٱلَّذِى تَفِرُّونَ مِنْهُ فَإِنَّهُۥ مُلَـٰقِيكُمْ ۖ ثُمَّ تُرَدُّونَ إِلَىٰ عَـٰلِمِ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَـٰدَةِ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ ﴿٨﴾
Sen: «Albatta, siz undan qochayotgan o'lim, ta'kid shulki, sizga baribir yo'liquvchidir. So'ngra maxfiy va oshkor narsalarni Biluvchining huzuriga qaytarilursizlar. Bas, U sizga nima qilib yurganingizning xabarini beradir», deb ayt.
يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا نُودِىَ لِلصَّلَوٰةِ مِن يَوْمِ ٱلْجُمُعَةِ فَٱسْعَوْا۟ إِلَىٰ ذِكْرِ ٱللَّهِ وَذَرُوا۟ ٱلْبَيْعَ ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ ﴿٩﴾
Ey, iymon keltirganlar! Juma kunida, namozga nido qilingan paytda, Allohning zikriga shoshiling va savdoni qo'ying. Agar bilsangiz, bu o'zingiz uchun yaxshidir.
فَإِذَا قُضِيَتِ ٱلصَّلَوٰةُ فَٱنتَشِرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ وَٱبْتَغُوا۟ مِن فَضْلِ ٱللَّهِ وَٱذْكُرُوا۟ ٱللَّهَ كَثِيرًا لَّعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ ﴿١٠﴾
Bas, namoz tugagandan so'ng yer yuzi bo'ylab tarqaling va Allohning fazlidan talab qiling va Allohni ko'p eslang, shoyadki, yutuqqa erishsangiz.
وَإِذَا رَأَوْا۟ تِجَـٰرَةً أَوْ لَهْوًا ٱنفَضُّوٓا۟ إِلَيْهَا وَتَرَكُوكَ قَآئِمًا ۚ قُلْ مَا عِندَ ٱللَّهِ خَيْرٌ مِّنَ ٱللَّهْوِ وَمِنَ ٱلتِّجَـٰرَةِ ۚ وَٱللَّهُ خَيْرُ ٱلرَّٰزِقِينَ ﴿١١﴾
Va ular tijorat yoki o'yin-kulgu ko'rganlarida, unga tomon yopirildilar va seni tik holda tark etdilar. Sen: «Allohning huzuridagi narsa o'yin-kulgudan va tijoratdan yaxshidir. Va Alloh eng yaxshi rizq beruvchidir», deb ayt.