QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Munafiqun surasi · Oyatсураси · Оят1

إِذَا جَآءَكَ ٱلْمُنَـٰفِقُونَ قَالُوا۟ نَشْهَدُ إِنَّكَ لَرَسُولُ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ إِنَّكَ لَرَسُولُهُۥ وَٱللَّهُ يَشْهَدُ إِنَّ ٱلْمُنَـٰفِقِينَ لَكَـٰذِبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Munofiqlar huzuringga kelganlarida: «Guvohlik beramizki, sen, albatta, Allohning Rasulisan», derlar. Holbuki, Alloh, albatta, sen Uning Rasuli ekaningni biladir. Va Alloh guvohlik berurki, albatta, munofiqlar yolg`onchidirlar.Мунофиқлар ҳузурингга келганларида: «Гувоҳлик берамизки, сен, албатта, Аллоҳнинг Расулисан», дерлар. Ҳолбуки, Аллоҳ, албатта, сен Унинг Расули эканингни биладир. Ва Аллоҳ гувоҳлик берурки, албатта, мунофиқлар ёлғончидирлар.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), qachon munofiqlar sizning oldingizga kelsalar: «Guvohlik beramizki, siz shak-shubhasiz, Allohning paygʻambaridirsiz», derlar. Alloh darhaqiqat, siz Oʻzining paygʻambari ekanligingizni bilur, yana Alloh u munofiqlarning shak-shubhasiz, yolgʻonchi ekanliklariga ham guvohlik berur.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), қачон мунофиқлар сизнинг олдингизга келсалар: «Гувоҳлик берамизки, сиз шак-шубҳасиз, Аллоҳнинг пайғамбаридирсиз», дерлар. Аллоҳ дарҳақиқат, сиз Ўзининг пайғамбари эканлигингизни билур, яна Аллоҳ у мунофиқларнинг шак-шубҳасиз, ёлғончи эканликларига ҳам гувоҳлик берур.

554-sahifa · 28-juz · 56-hizb554-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِذَاqachonkiқачонкиجَآءَكَhuzuringga kelsalarҳузурингга келсаларٱلْمُنَـٰفِقُونَmunofiqlarмунофиқларقَالُوا۟derlarдерларنَشْهَدُguvohlik beramizгувоҳлик берамизإِنَّكَalbatta, senалбатта, сенلَرَسُولُRasulisanРасулисанٱللَّهِ ۗAllohningАллоҳнингوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳيَعْلَمُbiladirбиладирإِنَّكَalbatta, senалбатта, сенلَرَسُولُهُۥUning Rasuli ekaningniУнинг Расули эканингниوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳيَشْهَدُguvohlik berurгувоҳлик берурإِنَّalbattaалбаттаٱلْمُنَـٰفِقِينَmunofiqlarмунофиқларلَكَـٰذِبُونَyolgʻonchidirlarёлғончидирлар
TafsirТафсир

Munofiqlar dillarida Paygʻambar alayhissalomga iymonlari boʻlmasa ham, u kishini koʻrganlarida, biz sening Rasululloh ekanligingga iqrormiz, eʼtirof etamiz, deyishadi. Alloh bu haqiqatni bilib turibdi.

«Munofiqlar huzuringga kelganlarida, guvohlik beramizki, sen, albatta, Allohning Rasulisan, derlar.»

Yana, Alloh taolo munofiqlar bu guvohlikni yolgʻondan berayotganliklarini ham bilib turibdi.

«Holbuki, Alloh, albatta, sen Uning Rasuli ekaningni biladir. Va Alloh guvohlik berurki, albatta, munofiqlar yolgʻonchidirlar.»

Munofiqlar voqeʼlikka toʻgʻri gapni, Muhammad alayhissalomning Paygʻambar ekanliklarini aytsalar ham, gaplari dillariga toʻgʻri kelmagani uchun, Alloh taolo ularni «yolgʻonchilar» deb atamoqda.