QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Munafiqun surasi · Oyatсураси · Оят2

ٱتَّخَذُوٓا۟ أَيْمَـٰنَهُمْ جُنَّةً فَصَدُّوا۟ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّهُمْ سَآءَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular qasamlarini qalqon qilib oldilar va Allohning yo`lidan to`sdilar. Bas, ularning qilgan ishlari yomon bo`ldi!Улар қасамларини қалқон қилиб олдилар ва Аллоҳнинг йўлидан тўсдилар. Бас, уларнинг қилган ишлари ёмон бўлди!Alauddin Mansour: Ular oʻzlarining (musulmon ekanliklari haqida ichgan yolgʻon) qasamlarini qalqon qilishib olib, (odamlarni) Allohning yoʻlidan toʻsdilar! Ularning qilguvchi boʻlgan amallari naqadar yomondir!Улар ўзларининг (мусулмон эканликлари ҳақида ичган ёлғон) қасамларини қалқон қилишиб олиб, (одамларни) Аллоҳнинг йўлидан тўсдилар! Уларнинг қилгувчи бўлган амаллари нақадар ёмондир!

554-sahifa · 28-juz · 56-hizb554-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱتَّخَذُوٓا۟oldilarолдиларأَيْمَـٰنَهُمْqasamlariniқасамлариниجُنَّةًۭqalqon qilibқалқон қилибفَصَدُّوا۟bas, burdilarбас, бурдиларعَن-dan-данسَبِيلِyoʻlidanйўлиданٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингإِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларسَآءَyomon boʻldiёмон бўлдиمَاnarsa (ishlari)нарса (ишлари)كَانُوا۟erdilarэрдиларيَعْمَلُونَqilayotganқилаётган
TafsirТафсир

Munofiqlar odamlarni ishontirish uchun, biz musulmonmiz, deb qasam ichardilar. Musulmonlar qasamga ishonib, ularga tegmas edilar. Shundoq qilib, qasam ularga qalqon boʻlib xizmat qilardi.

«Ular qasamlarini qalqon qilib oldilar va Allohning yoʻlidan toʻsdilar.»

Bu imkoniyatdan foydalanib, ular Allohning toatidan yuz oʻgirar va odamlarni ham Yaratganning yoʻlidan boshqa tomonga burar edilar.

«Bas, ularning qilgan ishlari yomon boʻldi!»

Yolgʻon, aldamchilik va zalolatdan ham yomonroq ish bormi bu dunyoda?!

Kelasi oyatda Alloh taolo ular nifoqining haqiqatini bayon qiladi.