ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ ءَامَنُوا۟ ثُمَّ كَفَرُوا۟ فَطُبِعَ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لَا يَفْقَهُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bunga sabab shuki, ular iymon keltirdilar, so`ng kofir bo`ldilar, bas, qalblariga muhr bosildi. Endi ular fahmlamaslar.Бунга сабаб шуки, улар иймон келтирдилар, сўнг кофир бўлдилар, бас, қалбларига муҳр босилди. Энди улар фаҳмламаслар.Alauddin Mansour: Bunga sabab ularning (tillarida) iymon keltirib, soʻngra (dillarida) kofir boʻlganlaridir. Bas, ularning dillari muhrlab qoʻyildi. Endi ular (iymonning haqiqatini) anglay olmaslar!Бунга сабаб уларнинг (тилларида) иймон келтириб, сўнгра (дилларида) кофир бўлганларидир. Бас, уларнинг диллари муҳрлаб қўйилди. Энди улар (иймоннинг ҳақиқатини) англай олмаслар!
Ushbu oyati karimaning birinchi jumlasiga ikki xil maʼno berish mumkin. Birinchi maʼno: Avval ular iymon haqiqatini bildilar, lekin keyin kofirlikni ixtiyor qildilar. Ikkinchi maʼno: Ular moʻminlarni koʻrganda yuzaki iymon keltirdilar, soʻng oʻz qavmlari huzuriga borganlarida kofirlikka qaytdilar. Shuning uchun ularning qalbiga muhr bosildi. «Bunga sabab shuki, ular iymon keltirdilar, soʻng kofir boʻldilar, bas, qalblariga muhr bosildi.» Endi haq yoʻlga hidoyat topmaydilar. Ular Qurʼonni, iymonni tushunmaydilar. Nur bilan zulmatni ajrata olmaydilar. Ha, «Endi ular fahmlamaslar».