يُسَبِّحُ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۖ لَهُ ٱلْمُلْكُ وَلَهُ ٱلْحَمْدُ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Allohga tasbih ayturlar. Mulk Unga xosdir, maqtov ham Unga xosdir va U barcha narsaga qodirdir.Осмонлардаги нарсалар ва ердаги нарсалар Аллоҳга тасбиҳ айтурлар. Мулк Унга хосдир, мақтов ҳам Унга хосдир ва У барча нарсага қодирдир.Alauddin Mansour: Osmonlardagi va Yerdagi bor narsa Allohga tasbeh aytur. Egalik — podshohlik yolgʻiz Unikidir va hamdu sano yolgʻiz Uning uchundir. U barcha narsaga qodirdir.Осмонлардаги ва Ердаги бор нарса Аллоҳга тасбеҳ айтур. Эгалик — подшоҳлик ёлғиз Уникидир ва ҳамду сано ёлғиз Унинг учундир. У барча нарсага қодирдир.
Alloh taologa tasbih aytishning maʼnosi keng boʻlib, ulugʻlash, koʻklarga koʻtarish, Allohni poklab yodga olish, uni ayb va nuqsonlardan xoli deb eʼtiqod qilish kabi amallar nazarda tutiladi. Bu va bunga oʻxshash boshqa oyatlarda hamma mavjudot Alloh taologa tasbih aytishi taʼkidlangan. Moʻmin inson oʻzini yaratgan Alloh taologa tasbih aytadi, uni ulugʻlaydi va aybu nuqsonlardan poklab yodga oladi. Chunki, u borliqqa, maxluqotlarga nazar solganda, Alloh taoloning nuqsonsiz qudratini anglab yetadi.
Shuningdek, insondan boshqa jonzotlar ham oʻz tillarida Alloh taologa tasbih aytadi. Misol uchun, «Nur» surasida qushlarning tasbih aytishi haqida zikr etilgan.
Tabiatda sodir boʻladigan hodisalar ham oʻz uslubi ila tasbih aytadi. «Raʼd» surasida momaqaldiroq Allohga tasbih aytishii eslatib oʻtilgan. Oʻz navbatida, jonsiz narsalar ham tasbih aytadi. Gapning qisqasi, «Isro» surasida taʼkidlanganidek, Alloh taologa tasbih aytmaydigan hech narsa yoʻq.
Oyat oxirida Alloh taoloning hammaning tasbih aytishiga sazovor boʻlgan baʼzi sifatlari keltiriladi.
«Mulk Unga xosdir...» Yaʼni, olamdagi barcha mavjudotlar, narsalarning egasi Alloh taoloning Oʻzidir. Ularni Oʻzi xohlaganicha boshqarib turadigan zot ham faqat Uning Oʻzidir.
«...maqtov ham Unga xosdir...» Hammani yaratib, hayot, rizq bergan zot yagona Oʻzi boʻlgandan keyin, barcha maqtov-olqishlar ham faqat Uning Oʻziga xos boʻladi-da.
«U barcha narsaga qodirdir.» Alloh taoloning qudrati cheksizdir. Nimani xohlasa, oʻshani qiladi. Shuning uchun ham, barcha mavjudot Unga sigʻinib, faqat Ungagina tasbih aytadi.
Borliqdagi barcha jonsiz narsalar Alloh taologa tasbih aytadi va Unga boʻysunadi, oʻzidan talab qilingan vazifani ado etadi. Yaʼni, boshqacha qilib aytganda, musulmon boʻladi. Masalan, tuproq oʻsimliklarning oʻsishida oʻz vazifasini boʻyin tovlamay ado etadi. Loy boʻlishi kerak boʻlsa, loy boʻladi va hokazo. Boshqa jonsiz narsalar ham shunday.
Nabotot ham Alloh taologa tasbih aytadi va unga boʻysunadi. Zimmalariga havoni tozalash vazifasi yuklatilgan boʻlsa, boʻyin tovlamasdan tozalaydi. Hayvonga, insonga ozuqa boʻlishi buyurilgan boʻlsa, ozuqa boʻladi va hokazo. Demak, bular ham Alloh taologa boʻysunuvchi musulmonlardir.
Hayvonot olami ham oʻzidan past bosqichdagi jonsizlar va nabotot olamlaridan foydalangan holda, Alloh taologa tasbih aytadi va Unga boʻysunadi. Oʻz zimmasiga qoʻyilgan vazifalarni ogʻishmay bajaradi: insonga ulov, ozuqa, kiyim boʻladi va hokazo. Xullas, ular ham musulmonlardir.
Alloh taolo yaratgan mavjudotlarning oliy bosqichi, gultoji Alloh taoloning yerdagi xalifasi–Insondir. U oʻzidan avvalgi bosqichdagi maxluqotlarning barchasidan oʻz manfaati yoʻlida foydalanadi. Dunyodagi barcha narsalarni Alloh taolo insonga xizmatkor qilib qoʻygan. Inson deb atalmish bu maxluq oʻzining Yaratganiga qanday munosabatda boʻlishini quyidagi oyati karima bayon qiladi: