هُوَ ٱلَّذِى خَلَقَكُمْ فَمِنكُمْ كَافِرٌ وَمِنكُم مُّؤْمِنٌ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, sizlarni yaratgan Zotdir. Bas, ba'zilaringiz kofir va ba'zilaringiz mo`mindir. Alloh nima qilayotganingizni ko`rib turuvchidir.У, сизларни яратган Зотдир. Бас, баъзиларингиз кофир ва баъзиларингиз мўминдир. Аллоҳ нима қилаётганингизни кўриб турувчидир.Alauddin Mansour: U sizlarni yaratgan Zotdir. Bas, sizlardan (ayrimlaringiz) kofir, sizlardan (ayrimlaringiz) moʻmindir. Alloh qilayotgan amallaringizni koʻrib turguvchidir.У сизларни яратган Зотдир. Бас, сизлардан (айримларингиз) кофир, сизлардан (айримларингиз) мўминдир. Аллоҳ қилаётган амалларингизни кўриб тургувчидир.
Ha, insonning holi shunday: eʼtiqod, iymon, fikr bobida turli-tuman boʻlib keladi. Kimki aqlini ishlatsa, borliqqa ibrat koʻzi bilan boqsa, undagi ajoyibotlarni anglab yetsa, mavjudotlarning yaratuvchisi borligini aqli unga bildirsa, moʻmin boʻlib, Alloh taologa iymon keltiradi. Ammo borliqqa tafakkur koʻzi bilan qaramasa, atrofidagi narsalardan ibrat olmasa, qalbini mogʻor bosgan boʻlsa, kofir boʻlib, Yaratganini inkor etadi. Oʻz havoyi nafsiga qul boʻlib qoladi. Ammo, har kim oʻz bilganini qilib yurgani bilan, keyin qiyomatda javob berishi aniq. Chunki:
«Alloh nima qilayotganingizni koʻrib turguvchidir».
Shundan soʻng, Qurʼon Alloh taoloning qudrati koʻrinishlarini bayon qilishga oʻtadi: