QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Taghabun surasi · Oyatсураси · Оят3

خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ وَصَوَّرَكُمْ فَأَحْسَنَ صُوَرَكُمْ ۖ وَإِلَيْهِ ٱلْمَصِيرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, osmonlaru yerni haq bilan yaratdi. Va qiyofangizni chiroyli suvratda qildi. Va qaytib borish Uning O`zigadir.У, осмонлару ерни ҳақ билан яратди. Ва қиёфангизни чиройли сувратда қилди. Ва қайтиб бориш Унинг Ўзигадир.Alauddin Mansour: U osmonlar va Yerni Haq (qonun) bilan yaratdi va sizlarga surat-shakl berdi — suratlaringizni goʻzal qildi. Yolgʻiz Unga qaytish bordir.У осмонлар ва Ерни Ҳақ (қонун) билан яратди ва сизларга сурат-шакл берди — суратларингизни гўзал қилди. Ёлғиз Унга қайтиш бордир.

556-sahifa · 28-juz · 56-hizb556-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
خَلَقَyaratdiяратдиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarniосмонларниوَٱلْأَرْضَva yerniва ерниبِٱلْحَقِّhaq bilanҳақ биланوَصَوَّرَكُمْva sizga surat berdiва сизга сурат бердиفَأَحْسَنَbas, chiroyli qildiбас, чиройли қилдиصُوَرَكُمْ ۖqiyofalaringizniқиёфаларингизниوَإِلَيْهِva Uning Oʻzigadirва Унинг Ўзигадирٱلْمَصِيرُqaytib borishқайтиб бориш
TafsirТафсир

Ulamolarimiz «Osmonlaru yerni haq bilan yaratdi» jumlasini «Hikmat bilan yaratdi», deb tushuntiradilar. Osmondagi hisobsiz yuulduzlar va boshqa jismlar, ularning bir-biridan maʼlum uzoqlikda va qatʼiy tartibda joylashishi, oʻzaro toʻqnashib ketmasligi, hali inson ilmi yetmagan koʻpgina narsa va hodisalar ularni yagona Alloh taolo yaratganini tasdiqlaydi. Ha,

«U, osmonlaru yerni haq bilan yaratdi».

Insonning qaddi-qomati, tuzilishi, aʼzolari–hamma-hammasi uni chiroyli qilib yaratgan Alloh taologa iymon keltirishga chaqiradi. Inson aʼzolaridan birortasini boshqa joyga qoʻyishni oʻylab koʻraylik-chi, qanday boʻlarkin. Yoki oʻzimizning har bir aʼzomizning tuzilishi va ishlash jarayonini fikr qilib koʻraylik. Har biri ulkan moʻʼjiza, yaratganga iymon keltirishga chaqiruvchi dalil.

«Va qiyofangizni chiroyli suvratda qildi.»

Lekin, inson oʻzining chiroyli suvrati va imkoniyatlaridan gʻururga ketib qolmasligi kerak. Bu chiroyli koʻrinish, bu holat va bu hayot unga vaqtincha berilgan, tezda qiyomat boʻlib, u Alloh taolo huzuriga qaytib boradi.

«Va qaytib borish Uning Oʻzigadir.»

Kelasi oyatda ham Alloh taoloning vasfi davom etadi.