QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Taghabun surasi · Oyatсураси · Оят18

عَـٰلِمُ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَـٰدَةِ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U g`oyib va ochiqni biluvchi, aziyz va hakiym Zotdir.У ғойиб ва очиқни билувчи, азийз ва ҳакийм Зотдир.Alauddin Mansour: (U) gʻaybu shahodatni (yaʼni, barcha yashirin va oshkor ishlarni) bilguvchi, qudrat va hikmat Sohibidir.(У) ғайбу шаҳодатни (яъни, барча яширин ва ошкор ишларни) билгувчи, қудрат ва ҳикмат Соҳибидир.

557-sahifa · 28-juz · 56-hizb557-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
عَـٰلِمُbiluvchiбилувчиٱلْغَيْبِgʻoyibniғойибниوَٱلشَّهَـٰدَةِva oshkorniва ошкорниٱلْعَزِيزُazizазизٱلْحَكِيمُhakimdirҳакимдир
TafsirТафсир

Alloh taolo bu oyatda beva-bechora va muhtojlarga beriladigan moddiy yordamni oʻziga berilgan «yaxshi qarz» deb taʼriflayapti. Xolbuki, U zot butun dunyodan behojat, barcha Unga hojatmanddir. Ushbu uslubning oʻzida xayru ehsonga targʻib mavjud. «Agar Allohga yaxshi qarz bersangiz...» Soʻng, Alloh taolo bu berilgan qarzning savobini koʻpaytirib qaytarishga vaʼda bermoqda. Eng muhimi, bu ishning sababidan bandalarining gunohlarini kechishini eʼlon qilyapti. «U sizga koʻpaytirib berur va sizni kechirur.» Chunki: «Alloh shakur va haliymdir». «U gʻoyib va ochiqni biluvchi, aziyz va hakiym zotdir.» Alloh «shakur»dir, yaʼni ozgina ibodatni ham qabul qilib, cheksiz koʻp neʼmatlarni beruvchidir. U, yana, «haliymdir» , yaʼni, baxillik qilganlarning va boshqalarning ham aybidan oʻtadi, jazolashga shoshilmaydi. U, gʻoyibni, inson ilmi yetmaydigan sirlarni ham, oshkora narsalarni ham biladigan gʻolibdir va har bir ishni hikmat bilan qiluvchi zotdir.