QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Taghabun surasi · Oyatсураси · Оят17

إِن تُقْرِضُوا۟ ٱللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا يُضَـٰعِفْهُ لَكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ۚ وَٱللَّهُ شَكُورٌ حَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Allohga yaxshi qarz bersangiz, U sizga ko`paytirib berur va sizni kechirur. Alloh shakur va haliymdir.Агар Аллоҳга яхши қарз берсангиз, У сизга кўпайтириб берур ва сизни кечирур. Аллоҳ шакур ва ҳалиймдир.Alauddin Mansour: Agar sizlar Allohga qarzi-hasana bersangizlar (yaʼni, Uning miskin-bechora bandalariga infoq-ehson qilsangizlar) U zot sizlarga bir necha barobar qilib qaytarur va sizlarni(ng gunohlaringizni) magʻfirat qilur. Alloh oʻta shukr qilguvchi (yaʼni, ozgina yaxshi amal uchun koʻp mukofot ato etguvchi) va halimdir.Агар сизлар Аллоҳга қарзи-ҳасана берсангизлар (яъни, Унинг мискин-бечора бандаларига инфоқ-эҳсон қилсангизлар) У зот сизларга бир неча баробар қилиб қайтарур ва сизларни(нг гуноҳларингизни) мағфират қилур. Аллоҳ ўта шукр қилгувчи (яъни, озгина яхши амал учун кўп мукофот ато этгувчи) ва ҳалимдир.

557-sahifa · 28-juz · 56-hizb557-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنagarагарتُقْرِضُوا۟qarz bersangizқарз берсангизٱللَّهَAllohgaАллоҳгаقَرْضًاqarzқарзحَسَنًۭاyaxshiяхшиيُضَـٰعِفْهُuni koʻpaytirib berurуни кўпайтириб берурلَكُمْsizgaсизгаوَيَغْفِرْva kechirurва кечирурلَكُمْ ۚsizlarniсизларниوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳشَكُورٌshakur (shukrni qabul etuvchi)шакур (шукрни қабул этувчи)حَلِيمٌhalimdirҳалимдир
TafsirТафсир

Alloh taolo bu oyatda beva-bechora va muhtojlarga beriladigan moddiy yordamni oʻziga berilgan «yaxshi qarz» deb taʼriflayapti. Xolbuki, U zot butun dunyodan behojat, barcha Unga hojatmanddir. Ushbu uslubning oʻzida xayru ehsonga targʻib mavjud. «Agar Allohga yaxshi qarz bersangiz...» Soʻng, Alloh taolo bu berilgan qarzning savobini koʻpaytirib qaytarishga vaʼda bermoqda. Eng muhimi, bu ishning sababidan bandalarining gunohlarini kechishini eʼlon qilyapti. «U sizga koʻpaytirib berur va sizni kechirur.» Chunki: «Alloh shakur va haliymdir». «U gʻoyib va ochiqni biluvchi, aziyz va hakiym zotdir.» Alloh «shakur»dir, yaʼni ozgina ibodatni ham qabul qilib, cheksiz koʻp neʼmatlarni beruvchidir. U, yana, «haliymdir» , yaʼni, baxillik qilganlarning va boshqalarning ham aybidan oʻtadi, jazolashga shoshilmaydi. U, gʻoyibni, inson ilmi yetmaydigan sirlarni ham, oshkora narsalarni ham biladigan gʻolibdir va har bir ishni hikmat bilan qiluvchi zotdir.