فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ مَا ٱسْتَطَعْتُمْ وَٱسْمَعُوا۟ وَأَطِيعُوا۟ وَأَنفِقُوا۟ خَيْرًا لِّأَنفُسِكُمْ ۗ وَمَن يُوقَ شُحَّ نَفْسِهِۦ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga qo`lingizdan kelganicha taqvo qiling va (amrini) tinglang va itoat qiling va infoq qiling — o`zingizga yaxshi bo`ladir. Va kimki nafsining qizg`anchiqligidan saqlansa, undaylar najot topuvchilardir.Аллоҳга қўлингиздан келганича тақво қилинг ва (амрини) тингланг ва итоат қилинг ва инфоқ қилинг — ўзингизга яхши бўладир. Ва кимки нафсининг қизғанчиқлигидан сақланса, ундайлар нажот топувчилардир.Alauddin Mansour: Bas, kuchlaringiz yetganicha Allohdan qoʻrqinglar, (oʻzlaringizga qilinayotgan pand-nasihatga) quloq tutinglar va itoat etinglar hamda infoq-ehson qilinglar, (mana shu) oʻzlaringiz uchun yaxshiroq boʻlur. Kim oʻz nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, ana oʻshalar najot topguvchidirlar.Бас, кучларингиз етганича Аллоҳдан қўрқинглар, (ўзларингизга қилинаётган панд-насиҳатга) қулоқ тутинглар ва итоат этинглар ҳамда инфоқ-эҳсон қилинглар, (мана шу) ўзларингиз учун яхшироқ бўлур. Ким ўз нафсининг бахиллигидан сақлана олса, бас, ана ўшалар нажот топгувчидирлар.
Bu oyatning avvalida Alloh taolo moʻmin bandalarini Unga iloji boricha va imkoni boricha taqvo qilishga daʼvat etyapti, buyuryapti.
«Allohga qoʻlingizdan kelganicha taqvo qiling.…»
Taqvoning chegarasi yoʻq, qancha koʻp boʻlsa, shuncha yaxshi. Lekin inson oʻzini ortiqcha takallufga urintirishi Islom gʻoyasi emas. Alloh taolo bandalarini toqatidan tashqari ishlarga buyurmaydi. Paygʻambarimz alayhissalom: «Sizlarni bir ishga buyursam, qoʻlingizdan kelganicha qiling, bir ishdan qaytarsam, undan qayting», deganlar. Demak, itoatning cheki yoʻq, ammo manʼ qilingan narsalar boʻlaklarga boʻlinmaydi, ularning hammasini birdan ado etish darkor.
Ilohiy amrlarni oqilona tinglab, ularga itoat etish har bir iymonli shaxsning burchidir.
Alloh taolo moʻminlarni yana molu dunyolaridan nafaqa qilishga ham buyurmoqda va bu ish mol sarflovchining oʻziga yaxshi boʻlishini uqtirmoqda.
«...va (amrini) tinglang va itoat qiling va infoq qiling – oʻzingizga yaxshi boʻladir.»
Chunki, xayr-ehson qilayotgan kishi, odatda, faqirlarga yaxshilik qilyapman, deb oʻylaydi. Aslida esa, oʻziga yaxshilik qilayotgan boʻladi. Chunki, qiyomatda ayni oʻsha xayr qilingan moli unga foyda beradi. Toʻplab qoʻygani, oʻzimniki, deb oʻylagani, juda nari borsa, merosxoʻrlariga qoladi, xolos.
Albatta, mol-mulkni hamma ham Alloh taoloning yoʻlida sarflay olmaydi.
«Kimki nafsining qizgʻanchiqligidan saqlansa»gina bu ishga sazovor boʻladi.
«...…undaylar najot topuvchilardir.»
Ana oʻshanday kishilar najot topuvchilardir.