QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Taghabun surasi · Oyatсураси · Оят15

إِنَّمَآ أَمْوَٰلُكُمْ وَأَوْلَـٰدُكُمْ فِتْنَةٌ ۚ وَٱللَّهُ عِندَهُۥٓ أَجْرٌ عَظِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, mol-mulklaringiz va farzandlaringiz sinovdan boshqa narsa emas. Va Allohning huzurida ulug` ajr bor.Албатта, мол-мулкларингиз ва фарзандларингиз синовдан бошқа нарса эмас. Ва Аллоҳнинг ҳузурида улуғ ажр бор.Alauddin Mansour: Sizlarning mol-mulklaringiz va bola-chaqalaringiz faqat bir fitna-imtihondir, xolos. Ulugʻ ajr-mukofot esa yolgʻiz Allohning huzuridadir.Сизларнинг мол-мулкларингиз ва бола-чақаларингиз фақат бир фитна-имтиҳондир, холос. Улуғ ажр-мукофот эса ёлғиз Аллоҳнинг ҳузуридадир.

557-sahifa · 28-juz · 56-hizb557-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّمَآalbatta, faqatалбатта, фақатأَمْوَٰلُكُمْmol-mulklaringizмол-мулкларингизوَأَوْلَـٰدُكُمْva farzandlaringizва фарзандларингизفِتْنَةٌۭ ۚsinovdirсиновдирوَٱللَّهُva Allohва АллоҳعِندَهُۥٓUning huzuridaУнинг ҳузуридаأَجْرٌajr borажр борعَظِيمٌۭulugʻулуғ
TafsirТафсир

Mol-mulk kishi uchun sinovdir. Qoʻliga mol-dunyo kelganda ham hovliqmasdan, toʻgʻri yoʻlda sarflasa, ibodatini vaqtida qilsa, ulkan savoblarga ega boʻladi. Ammo, dunyoga berilib yoʻldan ozsa, harom-xarish ishlarni qilsa, mol topish uchun gunoh yoʻllarga ham kiraversa, unda sinovdan oʻta olmagan boʻladi va gunohiga yarasha jazosini oladi.

Shuningdek, farzandlar ham Alloh taoloning ulkan neʼmati. Ularni toʻgʻri tarbiyalab, xudojoʻy, Alloh taoloning amrlariga boʻysunadigan qilib oʻstirilsa, ikki dunyoning obroʻyini olib beradi. Agar teskarisi boʻlsa, ikki dunyoda sharmanda qiladi. Demak, Alloh taoloning muhabbatini mol-mulk va farzandlar muhabbatidan ustun qoʻymoq zarur. Chunki, Uning huzurida ulugʻ ajr bor.

Imom Ahmad ibn Hanbal shunday bir hadisni rivoyat qilganlar: «Rasululloh alayhissalom xutba aytib turgan edilar. Birdan Hasan bilan Husayn qizil koʻylak kiyib, qoqilib-yiqilib kela boshladilar. Rasululloh alayhissalom minbardan tushib, ikkovlarini koʻtarib, oldilariga qoʻydilar, va: «Albatta, mol-mulklaringiz va farzandlaringiz sinovdan boshqa narsa emas», deb Alloh bilan Uning Rasuli toʻgʻri aytgan. Bu ikki goʻdakning qoqilib-yiqilib kelayotganini koʻrib, chidab tura olmadim va gapimni boʻlib, ularni koʻtarib oldim», dedilar».