QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Taghabun surasi · Oyatсураси · Оят14

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِنَّ مِنْ أَزْوَٰجِكُمْ وَأَوْلَـٰدِكُمْ عَدُوًّا لَّكُمْ فَٱحْذَرُوهُمْ ۚ وَإِن تَعْفُوا۟ وَتَصْفَحُوا۟ وَتَغْفِرُوا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Albatta, jufti halollaringizdan va bolalaringizdan sizga dushman bor, bas, ulardan hazir bo`ling. Va agar afv etsangiz, ko`ngilga olmasangiz va ayblarini kechirsangiz... Bas, albatta, Alloh ko`p mag`firat qiluvchi va rahimlidir.Эй, иймон келтирганлар! Албатта, жуфти ҳалолларингиздан ва болаларингиздан сизга душман бор, бас, улардан ҳазир бўлинг. Ва агар афв этсангиз, кўнгилга олмасангиз ва айбларини кечирсангиз... Бас, албатта, Аллоҳ кўп мағфират қилувчи ва раҳимлидир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, albatta juftlaringiz va bolalaringizdan sizlar uchun dushman boʻlganlari ham bordir. Bas, ulardan ehtiyot boʻlinglar! Agar sizlar ularni afv etsanglar, kechirib yuborsanglar va magʻfirat qilsanglar, u holda albatta Alloh magʻfiratli, mehribondir.Эй мўминлар, албатта жуфтларингиз ва болаларингиздан сизлар учун душман бўлганлари ҳам бордир. Бас, улардан эҳтиёт бўлинглар! Агар сизлар уларни афв этсанглар, кечириб юборсанглар ва мағфират қилсанглар, у ҳолда албатта Аллоҳ мағфиратли, меҳрибондир.

557-sahifa · 28-juz · 56-hizb557-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَoʻshalarўшаларءَامَنُوٓا۟iymon keltirganиймон келтирганإِنَّalbattaалбаттаمِنْ-dan-данأَزْوَٰجِكُمْjuftlaringizжуфтларингизوَأَوْلَـٰدِكُمْva bolalaringizва болаларингизعَدُوًّۭاdushman borдушман борلَّكُمْsizgaсизгаفَٱحْذَرُوهُمْ ۚbas, ulardan hazir boʻlingбас, улардан ҳазир бўлингوَإِنva agarва агарتَعْفُوا۟afv etsangizафв этсангизوَتَصْفَحُوا۟va koʻngilga olmasangizва кўнгилга олмасангизوَتَغْفِرُوا۟va ayblarini kechirsangizва айбларини кечирсангизفَإِنَّbas, albattaбас, албаттаٱللَّهَAllohАллоҳغَفُورٌۭkechiruvchiкечирувчиرَّحِيمٌrahmdildirраҳмдилдир
TafsirТафсир

Oyati karimada «jufti halollaringizdan va bolalaringizdan sizga dushman bor» deyilyapti. Aslida, xotin, bola-chaqa Alloh taolo bergan neʼmatlardir. Lekin baʼzilari kishini oʻzlariga band qilib, iymon taqozo etgan ishlardan qaytarib, dushman qiladigan ishni qilgani uchun ham, shunday deyilmoqda.

Maʼlumki, ayol kishining oʻz eriga taʼsiri katta. Xalqimizning «erni er qilgan ham xotin, yer qilgan ham xotin», degan gapi ham bejiz emas. Ayol kishi dindor, taqvodor boʻlsa, erining taqvosiga, jihodiga halaqit qilmaydi. Alloh koʻrsatmasin, aksincha boʻlsa, undan katta dushman yoʻq. Farzandlar borasida ham shu gapni aytsa boʻladi.

Oyatdagi «jufti halollaringizdan» soʻzini ham erkakka, ham ayolga nisbatan ishlatsa boʻladi, degan ulamolarimiz ham bor. U vaqtda taqvodor erga xotin va bola-chaqa din yoʻlida baʼzida dushman boʻlganidek, taqvodor xotinga ham er va bola-chaqa baʼzan dushman boʻlishi mumkin.

Oyatning nozil boʻlish sababi haqidagi rivoyat bunday: Bir guruh kishilar Makkada iymonga kelib, Madiynaga hijrat qilishmoqchi boʻlganlarida, xotin va bola-chaqalari, bizni tashlab qayoqqa borasan, deb toʻsiq boʻlishgan ekan. Vaqti kelib Madiynaga borishsa, ulardan avval hijrat qilganlar dinda ilgʻor boʻlib ketishibdi. Shunda ularni hijratdan toʻsgan oila aʼzolariga iqob qilishmoqchi boʻlganlarida Alloh taolo:

«Va agar afv etsangiz, koʻngilga olmasangiz va ayblarini kechirsangiz... Bas, albatta, Alloh koʻp magʻfirat qiluvchi va rahimlidir», degan oyatini tushirib, ularni bu ishdan qaytargan ekan.