ٱللَّهُ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh, Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Bas, mo`minlar Allohning O`zigagina tavakkal qilsinlar.Аллоҳ, Ундан ўзга ибодатга сазовор зот йўқ. Бас, мўминлар Аллоҳнинг Ўзигагина таваккал қилсинлар.Alauddin Mansour: Alloh — hech qanday Alloh yoʻq, faqat Uning Oʻzi bordir. Bas, moʻminlar yolgʻiz Allohga tavakkul qilsinlar — suyansinlar!Аллоҳ — ҳеч қандай Аллоҳ йўқ, фақат Унинг Ўзи бордир. Бас, мўминлар ёлғиз Аллоҳга таваккул қилсинлар — суянсинлар!
Yaʼni, tiriltiruvchi, rizq beruvchi, oʻldirib yana qayta tiriltiruvchi Allohdan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. Inson ushbu haqiqatni anglab yetsa, turli xurofotlardan va oʻzgalarga qul boʻlishdan ozod boʻladi. Bu darajaga yetgan inson Alloh taoloning Oʻzigagina tavakkal qiladi, suyanadi. Alloh taologa tavakkal qilgan kishining esa, xotiri jam boʻladi, hech narsadan qoʻrqmaydi.
Inson yakka oʻzi boʻlsa, bu ishlarni amalga oshirishi birmuncha oson kechardi. Lekin u jamiyatda yashaydi, oilasi, xotini, bola-chaqasi bor. Ularga qarashi kerak, baʼzan esa, xotin va bola-chaqa iymon taqozo etgan narsadan chalgʻitishi ham mumkin.