وَأَطِيعُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُوا۟ ٱلرَّسُولَ ۚ فَإِن تَوَلَّيْتُمْ فَإِنَّمَا عَلَىٰ رَسُولِنَا ٱلْبَلَـٰغُ ٱلْمُبِينُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga itoat qiling va Rasulga itoat qiling. Agar yuz o`girib ketsangiz, bas, Bizning Rasulimizga (vazifa) ochiq-oydin yetkazish, xolos.Аллоҳга итоат қилинг ва Расулга итоат қилинг. Агар юз ўгириб кетсангиз, бас, Бизнинг Расулимизга (вазифа) очиқ-ойдин етказиш, холос.Alauddin Mansour: Allohga itoat etingiz va paygʻambarga boʻysuningiz! Endi agar (itoatdan) bosh tortsangaz, u holda (bilingizki), paygʻambarimiz zimmasida faqat (Bizning vahiylarimizni sizlarga) ochiq-ravshan qilib yetkazish bor, xolos.Аллоҳга итоат этингиз ва пайғамбарга бўйсунингиз! Энди агар (итоатдан) бош тортсангаз, у ҳолда (билингизки), пайғамбаримиз зиммасида фақат (Бизнинг ваҳийларимизни сизларга) очиқ-равшан қилиб етказиш бор, холос.
Allohga itoat qilish Qurʼonga amal qilish bilan boʻladi. Paygʻambar alayhissalomga itoat qilish esa, u kishining sunnatlariga ergashish bilan boʻladi. Agar kim yuz oʻgirib, itoat qilmay ketsa, oʻziga yomon, Alloh taolo undan behojat. Agar dunyodagi barcha insoniyat eng taqvodor kishi kabi ibodat qilsa ham, Parvardigorning xaziynasiga biror narsa qoʻshilib qolmaydi. Aksincha, dunyodagi barcha insoniyat eng fosiq-fojir kishidek gunoh ishlar qilsa ham, Alloh taoloning biror narsasi kamayib qolmaydi. Shuningdek, Paygʻambar alayhissalom ham hammadan behojatdirlar, u kishiga yuklatilgan vazifa–Alloh taoloning farmonlarini bandalarga ochiq-oydin yetkazib qoʻyish, xolos.