مَآ أَصَابَ مِن مُّصِيبَةٍ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۗ وَمَن يُؤْمِنۢ بِٱللَّهِ يَهْدِ قَلْبَهُۥ ۚ وَٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizga Allohning iznisiz hech bir musiybat yetmas. Kim Allohga iymon keltirsa, U zot uning qalbini hidoyatga solur. Alloh har bir narsani biluvchidir.Сизга Аллоҳнинг изнисиз ҳеч бир мусийбат етмас. Ким Аллоҳга иймон келтирса, У зот унинг қалбини ҳидоятга солур. Аллоҳ ҳар бир нарсани билувчидир.Alauddin Mansour: (Biron kimsaga) biron musibat yetmas, magar Allohning izni-irodasi bilangina (yetur). Kim Allohga iymon keltirsa, U zot uning qalbini (Toʻgʻri Yoʻlga) hidoyat qilur. Alloh barcha narsani bilguvchidir.(Бирон кимсага) бирон мусибат етмас, магар Аллоҳнинг изни-иродаси билангина (етур). Ким Аллоҳга иймон келтирса, У зот унинг қалбини (Тўғри Йўлга) ҳидоят қилур. Аллоҳ барча нарсани билгувчидир.
Allohning qozoi-qadarisiz, ilmisiz hech bir musiybat yetmaydi, degan eʼtiqod doimo inson xotirasida turishi kerak.
«Sizga Allohning iznisiz hech bir musiybat yetmas.»
Paygʻambarimiz alayhissalom hadislaridan birida: «...Va bilginki, senga yetgan musiybat adashib boshqaga oʻtishi mumkin emas, agar boshqaga boʻlsa, senga yetmasdi...» deganlar.
Moʻmin kishi oʻziga yetgan musiybatning Allohning taqdiri– oʻlchovi boʻlganini tushunib yetsa, bu qiyinchilik va musiybatlarni oson kechiradi. Chunki, uning xotiri jam, koʻngli toʻq boʻladi. Musiybatga sabr qiladi. Allohdan yordam soʻraydi. Iymonsiz kishi boʻlsa, musiybat yetganida sabrsizlik qiladi, turli sabablar axtaradi, gʻam-gʻussaga botadi va oʻzicha qutulmoqchi boʻlib, turli zararli usullarni qoʻllaydi.
Moʻmin kishi har qanaqa koʻngilsiz voqea yuz berganda istirjoʼ aytib, sabr qilishi zarurdir. Istirjoʼ «Innaa lillaahi va innaa ilayhi rojiʼun» deyishdan iboratdir. Buning maʼnosi «Biz Allohnikimiz va biz Unga qaytib boruvchilarmiz», deganidir. Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom bir hadisi shariflarida: «Agar birortangizning kovushingizning bogʻichi uzilib ketsa ham, istirjoʼ aytsin», deganlar.
Imom Buxoriy rivoyat qilgan bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib: «Moʻminning ishi ajoyib, Alloh unga nimani qazo qilsa, faqat yaxshilikka boʻladi. Agar unga musiybat yetsa, sabr qiladi. Bu oʻzicha yaxshi. Agar yaxshilik yetsa, shukr qiladi. Bu ham oʻzicha yaxshi. Bunaqa neʼmat moʻmindan oʻzga hech kimga nasib etmaydi», deganlar.
Shuning uchun ham, Alloh taolo kelgusi oyatda moʻmin bandlarini Oʻziga va Rasuli Muhammad alayhissalomga itoat qilishga daʼvat etadi.