QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Taghabun surasi · Oyatсураси · Оят10

وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَكَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَآ أُو۟لَـٰٓئِكَ أَصْحَـٰبُ ٱلنَّارِ خَـٰلِدِينَ فِيهَا ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirib, Bizning oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlar, ana o`shalar otash egalaridir. Unda abadiy qolurlar. Qandoq ham yomon joy u!Куфр келтириб, Бизнинг оятларимизни ёлғонга чиқарганлар, ана ўшалар оташ эгаларидир. Унда абадий қолурлар. Қандоқ ҳам ёмон жой у!Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan va Bizning oyatlarimizni yolgʻon degan kimsalar — ana oʻshalar doʻzax egalari boʻlib, oʻsha joyda mangu qolguvchidirlar. Naqadar yomon oqibat (bu)!Кофир бўлган ва Бизнинг оятларимизни ёлғон деган кимсалар — ана ўшалар дўзах эгалари бўлиб, ўша жойда мангу қолгувчидирлар. Нақадар ёмон оқибат (бу)!

557-sahifa · 28-juz · 56-hizb557-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِينَva oʻshalarва ўшаларكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганوَكَذَّبُوا۟va yolgʻonga chiqarganва ёлғонга чиқарганبِـَٔايَـٰتِنَآBizning oyatlarimizniБизнинг оятларимизниأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларأَصْحَـٰبُegalaridirэгаларидирٱلنَّارِotashоташخَـٰلِدِينَabadiy qolguvchiабадий қолгувчиفِيهَا ۖundaундаوَبِئْسَva qandoq ham yomonва қандоқ ҳам ёмонٱلْمَصِيرُborar joyборар жой
TafsirТафсир

Bu oyati karimada Alloh taolo qiyomat kunini ikki xil nom bilan atamoqda.

Birinchisi–«jamlash kuni», Alloh taolo u kuni avvalgi va oxirgi barcha bandalarini jamlaydi.

Ikkinchisi–«tagʻobun» kuni. Arabcha «tagʻobun» «gʻibn» soʻzidan olingan boʻlib, bahoning pastlashini bildiradi. Kofirlar bu dunyoda iymonni tark qilganlari uchun qiyomat kuni baholari pastlab, doʻzaxga ravona boʻladilar. Yaxshi ishlarni kamroq qilib qolgan moʻminlar ham baholari pastlab, jannatning oliy martabalariga yeta olmay qoladilar.

«U sizlarni «Jamlash kuni»ga toʻplaydigan kunni eslang. U kun «tagʻobun» kunidir.»

Demak, bahoni pastlatish kuni har bir bandaning esida doimiy turmogʻi lozim.

Kofir banda jamlash kunini, Alloh taolo hammani mahsharga toʻplaydigan kunni eslab, «tagʻobun» kuni oʻz bahosining pastlatilib doʻzaxga tushishini eslab, iymonga kelsin.

Moʻmin banda jamlash kunini, Alloh hammani mahsharga toʻplaydigan kunni eslab, «tagʻobun» kuni oʻz bahosining paslatilib jannatdagi maqomi pastlashi mumkinligini oʻylab, amali solihlarni koʻproq qilsin.

Oyatning davomida najot va oxirat saodati yoʻli iymon bilan solih amal ekanligi bayon qilingan.

«Kim Allohga iymon keltirsa va solih amallar qilsa, uning gunohlarini kechirur va ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Unda abadul-abad qolurlar. Bu ulkan yutuqdir.»

Iymon ilohga boʻlgan quruq ishonch emas, balki Allohning muqaddasligini va ulugʻligini butun vujudiga singdirish va oʻsha iymonning asari solih amal boʻlib yuzaga chiqishidir. Shuning uchun ham, Qurʼoni Karimda qayerda «Ey, iymon keltirganlar» xitobi kelsa, ortidan «solih amal qilganlar» iborasi ham keladi. Haqiqiy iymon oʻz sohibining qalbidan yaxshilik buloqlarini otiltirib chiqaradi. Alloh taologa boʻlgan iymoni va solih amali evaziga inson gunohlari kechirilishiga va jannatga kirish huquqiga ega boʻladi.

Aksincha, kofir boʻlganlar jahannamga tushadilar va azoblarga duchor boʻladilar.

«Kufr keltirib, Bizning oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlar, ana oʻshalar otash egalaridir. Unda abadiy qolurlar. Qandoq ham yomon joy u!»

Yuqoridagi oyatlarda iymonning haqiqati bayon qilinib boʻlgandan keyin, ushbu iymonni voqeʼlikda ishlatish, yaʼni, moʻmin kishi hayotida sodir boʻladigan barcha ishlarning Alloh taoloning izni bilan boʻlishiga iymon keltirish zarurligi qayd etiladi. Banda Alloh taoloning qazoi-qadariga taslim va rozi boʻlmogʻi kerak. Bu foniy dunyoda, inson hayotida roʻy beradigan ogʻir mashaqqatlarning ruhiy muolajasi, aslida, mana shunday eʼtiqodga asoslanadi.