رَّسُولًا يَتْلُوا۟ عَلَيْكُمْ ءَايَـٰتِ ٱللَّهِ مُبَيِّنَـٰتٍ لِّيُخْرِجَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ مِنَ ٱلظُّلُمَـٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ ۚ وَمَن يُؤْمِنۢ بِٱللَّهِ وَيَعْمَلْ صَـٰلِحًا يُدْخِلْهُ جَنَّـٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ خَـٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا ۖ قَدْ أَحْسَنَ ٱللَّهُ لَهُۥ رِزْقًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Payg`ambarki, iymon keltirib va yaxshi amallarni qilganlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun, sizlarga Allohning ravshan oyatlarini tilovat qilib berur. Va kim Allohga iymon keltirsa va yaxshi amallarni qilsa, U zot uni (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. U yerda abadul-abad qolurlar. Haqiqatan, Alloh uning rizqini yaxshi qilgandir.Пайғамбарки, иймон келтириб ва яхши амалларни қилганларни зулматлардан нурга чиқариш учун, сизларга Аллоҳнинг равшан оятларини тиловат қилиб берур. Ва ким Аллоҳга иймон келтирса ва яхши амалларни қилса, У зот уни (дарахтлари) остидан анҳорлар оқиб турган жаннатларга киритур. У ерда абадул-абад қолурлар. Ҳақиқатан, Аллоҳ унинг ризқини яхши қилгандир.Alauddin Mansour: Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun sizlarga Allohning ochiq-ravshan oyatlarini tilovat qiladigan paygʻambarni (Muhammad alayhis-salotu vas-salomni yubordi). Kim Allohga iymon keltirsa va yaxshi amal qilsa, (Alloh) uni ostidan daryolar oqib turadigan, ular abadul-abad qoladigan jannatlarga kiritur. Darhaqiqat, Alloh uning uchun goʻzal rizq (yaʼni, jannatning tuganmas rizqini ato) qildi.Иймон келтирган ва яхши амаллар қилган зотларни зулматлардан нурга чиқариш учун сизларга Аллоҳнинг очиқ-равшан оятларини тиловат қиладиган пайғамбарни (Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломни юборди). Ким Аллоҳга иймон келтирса ва яхши амал қилса, (Аллоҳ) уни остидан дарёлар оқиб турадиган, улар абадул-абад қоладиган жаннатларга киритур. Дарҳақиқат, Аллоҳ унинг учун гўзал ризқ (яъни, жаннатнинг туганмас ризқини ато) қилди.
Osiylar ikki dunyoning qattiq azoblariga duchor boʻlishlari haq ekan. Ha,
«Alloh ularga qattiq azobni tayyorlab qoʻydi».
Demak, Allohga taqvo qilish kerak.
«Bas, Allohga taqvo qiling, ey, iymon keltirgan aql egalari.»
Oyati karimada aql egalarininggina iymon keltirishiga ishora qilinyapti. Xalq ichidagi, aql bilan xudoni topibdi, degan naql ham bejiz emas. Islom–aql dini. U, insonni aql ishlatib, Alloh taoloning qudratlarini mulohaza qilib, iymonga kelishga daʼvat qiladi. Aqlni toʻgʻri ishlatgan inson moʻmin boʻlishiga hech shubha yoʻq.
Alloh talo oyatning davomida:
«Haqiqatan, Alloh sizlarga zikrni tushirdi», deb turib, «zikr»dan murod Rasululloh–Muhammad alayhissalom ekanliklarining xabarini bermoqda.
«Paygʻambarki...»
Odatda, «zikr» deganda Qurʼoni Karim tushuniladi. Koʻpgina oyatlarda shu maʼno yorqin ifodasini topgan. Bu oyatda esa, «zikr»ning «Rasul» deb aytilishi Paygʻambar alayhissalomning sharaflarini ulugʻlashdan iboratdir. Haqiqatan, Paygʻambar alayhissalom ikki oyoqda yuradigan tirik Qurʼon boʻlganlar. Oisha onamizdan, u kishining xulqlari qanaqa boʻlgan edi, deb soʻralganda, «Xulqlari Qurʼon edi», deb javob berganlari ham ushbu maʼnoni taʼkidlaydi.
«...iymon keltirib va yaxshi amallarni qilganlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun, sizlarga Allohning ravshan oyatlarini tilovat qilib berur.»
«Zikr»–«eslatma» deb vasf qilingan Rasulning vazifalari Alloh taoloning ravshan oyatlarini tilovat qilish va iymon keltirib, yaxshi amallarni qilgan shaxslarni zulmatlardan nurga chiqarish boʻlgan. Ushbu oʻrinda ikki holatga alohida eʼtibor bermogʻimiz kerak.
«Iymon keltirib va yaxshi amallarni qilganlar...» Alloh taolo bevosita iymon keltirishdan soʻng yaxshi amallarni qilishni koʻpgina oyatlarda keltirgan. Bundan xulosa shuki, haqiqiy iymon doimo oʻz egasini yaxshi amalga chorlamogʻi lozim. Odamning iymoni haqida bilmoqchi boʻlinsa, uning qilayotgan ishiga nazar solish kerak. Tilida yuz ming karra iymonning daʼvosini qilgani bilan, amalda iymon taqozosidagi ishlarni qilmasa, gapi puch boʻladi.
Ikkinchi alohida eʼtiborga sazovor holat–«zulmatlardan nurga chiqarish» jumlasi.
«Nur»dan murod Islom ekani hech kimga sir emas. Shuningdek, «zulmatlar»dan murod Islomdan boshqa dinu tuzumlar ekani ham maʼlum. Qurʼoni Karimning moʻʼjizakorligi shundaki, «zulmatlar»ni koʻplik siygʻasida, «nur»ni birlik siygʻasida keltirgan.
Dunyoda faqat bitta, yagona «nur» bor, u ham boʻlsa Islomdir. «Zulmatlar» esa koʻp, ularning turlari ham, nomlari ham koʻp. Ularning nomi har qancha jozibador boʻlsa-da, hammasi ham zulmat. Insoniyat u zulmatlarning barchasini tark etib, nurga, Islomga yuzlanishi lozim.
Odamlar Alloh taologa iymon keltirsa va yaxshi amallarni qilsa, faqat jannatga kiribgina qolmaydilar, balki u yerda abadul-abad qoladilar.
«U zot uni daraxtlari ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. U yerda abadul-abad qolurlar.»
Bu esa, beqiyos rizqdir.
Oyatning soʻngida:
«Haqiqatan, Alloh uning rizqini yaxshi qilgandir», deyilganining boisi ham shu.
Surai karimaning soʻngida Alloh taoloning cheksiz qudratining bayoni keladi. Bunda kishilarga, xususan, erlarga katta eslatma boʻlib, goʻyoki, Alloh taolo barcha ishlaringizni kuzatib turibdi, ayollaringizga zulm qilmang, borliqni yaratgan Alloh taoloning qudrati isyon qilganlardan oʻch olishga albatta yetadi, deyilmoqda: