QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Talaq surasi · Oyatсураси · Оят12

ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَ سَبْعَ سَمَـٰوَٰتٍ وَمِنَ ٱلْأَرْضِ مِثْلَهُنَّ يَتَنَزَّلُ ٱلْأَمْرُ بَيْنَهُنَّ لِتَعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ وَأَنَّ ٱللَّهَ قَدْ أَحَاطَ بِكُلِّ شَىْءٍ عِلْمًۢا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh yetti osmonni va ular mislidek yerni yaratgan Zotdir. Ularning orasidan U zotning amri tushadir. Alloh har bir narsaga qodir ekanini va, albatta, Alloh har bir narsani O`z ilmi ila o`rab olganini bilishingiz uchundir.Аллоҳ етти осмонни ва улар мислидек ерни яратган Зотдир. Уларнинг орасидан У зотнинг амри тушадир. Аллоҳ ҳар бир нарсага қодир эканини ва, албатта, Аллоҳ ҳар бир нарсани Ўз илми ила ўраб олганини билишингиз учундир.Alauddin Mansour: Alloh yetti osmonni va Yerdan ham oʻshalarning mislini (yaʼni, yetti qavat Yerni) yaratgan Zotdir. (Allohning) amri farmoni ularning (yaʼni, yetti qavat osmon va yetti qavat Yerning) oʻrtasiga nozil boʻlib-tarqalib turur. Toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir ekanligini va Alloh barcha narsani (Oʻz) bilimi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchun (U zot sizlarga yuqorida zikr qilingan narsalar haqida xabar berdi).Аллоҳ етти осмонни ва Ердан ҳам ўшаларнинг мислини (яъни, етти қават Ерни) яратган Зотдир. (Аллоҳнинг) амри фармони уларнинг (яъни, етти қават осмон ва етти қават Ернинг) ўртасига нозил бўлиб-тарқалиб турур. Токи сизлар Аллоҳнинг барча нарсага қодир эканлигини ва Аллоҳ барча нарсани (Ўз) билими билан иҳота қилиб олганини билишларингиз учун (У зот сизларга юқорида зикр қилинган нарсалар ҳақида хабар берди).

559-sahifa · 28-juz · 56-hizb559-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱللَّهُAllohАллоҳٱلَّذِىshunday zotdirkiшундай зотдиркиخَلَقَyaratganяратганسَبْعَyettiеттиسَمَـٰوَٰتٍۢosmonniосмонниوَمِنَva -danва -данٱلْأَرْضِyerdanерданمِثْلَهُنَّular mislidekулар мислидекيَتَنَزَّلُtushadirтушадирٱلْأَمْرُU zotning amriУ зотнинг амриبَيْنَهُنَّularning orasidanуларнинг орасиданلِتَعْلَمُوٓا۟bilishingiz uchunбилишингиз учунأَنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳعَلَىٰ-ga-гаكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍۢnarsagaнарсагаقَدِيرٌۭqodir ekaniniқодир эканиниوَأَنَّva albattaва албаттаٱللَّهَAllohАллоҳقَدْhaqiqatdaҳақиқатдаأَحَاطَoʻrab olganiniўраб олганиниبِكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍnarsaniнарсаниعِلْمًۢاOʻz ilmi ilaЎз илми ила
TafsirТафсир

Ey moʻminlar, sizlarga ushbu Qurʼonda kelgan farmonlarni nozil etgan zot cheksiz qudratga sohib boʻlgan Allohdir. Ha, bu narsani har biringiz juda ham yaxshi bilib olmogʻingiz lozim.

«Alloh yetti osmonni va ular mislidek yerni yaratgan zotdir.»

Siz boʻlsa, yetti osmon nima ekanligini haligacha bilmaysiz. Ularning mislicha yer nima ekanligini bilmaysiz. Shunchalik narsalarni yaratib qoʻygan cheksiz qudratli Zot sizga amr qilsa, boʻyin tovlaysiz! Bilib qoʻying!

«Ularning orasidan U zotning amri tushadir.»

Ha, oʻsha yetti osmon va ular mislidek yerdan Alloh taoloning amri tushadi.

Bu ham Alloh taoloning qudrati qanchalik ulugʻ ekanini koʻrsatadi. Oʻsha cheksiz qudrat egasi yaratgan, insonning aqli va tasavvuriga sigʻmaydigan yetti osmon va yerning orasidan Alloh taoloning amri tushib turadi.

Nima uchun bu amr tushishini bilmoqchi boʻlsangiz,

«Alloh har bir narsaga qodir ekanini va, albatta, Alloh har bir narsani Oʻz ilmi ila oʻrab olganini bilishingiz uchundir».

Oʻsha amrlardan biri «Taloq» surasida kelgan. Bu amrga amal qilish har bir banda ustidagi farzdir.