فَذَاقَتْ وَبَالَ أَمْرِهَا وَكَانَ عَـٰقِبَةُ أَمْرِهَا خُسْرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ular o`z ishlarining yomonligini totib ko`rdilar va ishlarining oqibati yutqiziq bo`ldi.Бас, улар ўз ишларининг ёмонлигини тотиб кўрдилар ва ишларининг оқибати ютқизиқ бўлди.Alauddin Mansour: Bas, u (qishloq-shaharlarning ahli) oʻz ish-qilmishlarining ziyonini totdilar va bu ishlarining oqibati ziyon tortish — halokat boʻldi.Бас, у (қишлоқ-шаҳарларнинг аҳли) ўз иш-қилмишларининг зиёнини тотдилар ва бу ишларининг оқибати зиён тортиш — ҳалокат бўлди.
Tarixda qaysi yurt, qaysi ummat magʻlubiyatga uchragan boʻlsa, shiddatli azoblarga yoʻliqqan boʻlsa, xaroba-vayronagarchiliklarga duchor boʻlgan boʻlsa, Allohning amriga isyon qilgani uchun, ilohiy koʻrsatmalarga amal qilmagani uchun shunday boʻlgan. Demak, oʻshalarga oʻxshamaslik uchun Allohning amriga itoat etib, aytganidan chiqmay yurish kerak boʻladi. Ularning xatosini takrorlamaslik lozimdir.
Kelasi oyati karimada osiylarning oxiratdagi nasibalari ham qattiq azob ekani taʼkidlanadi va itoatli moʻmin musulmonlarga yaxshi mukofotlar borligidan xabar beriladi.