وَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ عَتَتْ عَنْ أَمْرِ رَبِّهَا وَرُسُلِهِۦ فَحَاسَبْنَـٰهَا حِسَابًا شَدِيدًا وَعَذَّبْنَـٰهَا عَذَابًا نُّكْرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ko`pgina qishloqlar o`z Robbisining va Uning Rasullarining amriga sarkashlik qildi. Bas, Biz ularni shiddatli hisobga oldik va qattiq azob ila azobladik.Кўпгина қишлоқлар ўз Роббисининг ва Унинг Расулларининг амрига саркашлик қилди. Бас, Биз уларни шиддатли ҳисобга олдик ва қаттиқ азоб ила азобладик.Alauddin Mansour: Qanchadan-qancha qishloq-shaharlar borki, oʻz Parvardigorlari va Uning paygʻambarlari amridan bosh tortgandirlar, bas, Biz ulardan qattiq hisob-kitob olganmiz va yomon azob bilan azoblaganmiz.Қанчадан-қанча қишлоқ-шаҳарлар борки, ўз Парвардигорлари ва Унинг пайғамбарлари амридан бош тортгандирлар, бас, Биз улардан қаттиқ ҳисоб-китоб олганмиз ва ёмон азоб билан азоблаганмиз.
Tarixda qaysi yurt, qaysi ummat magʻlubiyatga uchragan boʻlsa, shiddatli azoblarga yoʻliqqan boʻlsa, xaroba-vayronagarchiliklarga duchor boʻlgan boʻlsa, Allohning amriga isyon qilgani uchun, ilohiy koʻrsatmalarga amal qilmagani uchun shunday boʻlgan. Demak, oʻshalarga oʻxshamaslik uchun Allohning amriga itoat etib, aytganidan chiqmay yurish kerak boʻladi. Ularning xatosini takrorlamaslik lozimdir.
Kelasi oyati karimada osiylarning oxiratdagi nasibalari ham qattiq azob ekani taʼkidlanadi va itoatli moʻmin musulmonlarga yaxshi mukofotlar borligidan xabar beriladi.