QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Talaq surasi · Oyatсураси · Оят7

لِيُنفِقْ ذُو سَعَةٍ مِّن سَعَتِهِۦ ۖ وَمَن قُدِرَ عَلَيْهِ رِزْقُهُۥ فَلْيُنفِقْ مِمَّآ ءَاتَىٰهُ ٱللَّهُ ۚ لَا يُكَلِّفُ ٱللَّهُ نَفْسًا إِلَّا مَآ ءَاتَىٰهَا ۚ سَيَجْعَلُ ٱللَّهُ بَعْدَ عُسْرٍ يُسْرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Rizqi keng kengligidan nafaqa qilsin. Kimning rizqi tor bo`lsa, unga Alloh berganidan nafaqa qilsin. Alloh har bir nafsni O`zi berganidan ortiqchaga taklif qilmas. Alloh qiyinchilikdan so`ng tezda osonlikni berur.Ризқи кенг кенглигидан нафақа қилсин. Кимнинг ризқи тор бўлса, унга Аллоҳ берганидан нафақа қилсин. Аллоҳ ҳар бир нафсни Ўзи берганидан ортиқчага таклиф қилмас. Аллоҳ қийинчиликдан сўнг тезда осонликни берур.Alauddin Mansour: Boy-badavlat kishi oʻz boyligidan (yaʼni, boyligiga yarashadigan) nafaqa bersin. Kimning rizqi tang qilingan (kambagʻal) boʻlsa, u holda Alloh oʻziga ato etgan narsadan (yaʼni, oʻz holiga yarasha) nafaqa bersin! Alloh hech bir jonni Oʻzi unga ato etgan (rizq-roʻz)dan boshqa narsaga taklif qilmas (yaʼni, har bir inson faqat Alloh oʻziga ato etgan rizqdan infoq qilishga taklif qilinur). Alloh tanglik-kambagʻalliqdan keyin yengillik-boylikni ham (paydo) qilur.Бой-бадавлат киши ўз бойлигидан (яъни, бойлигига ярашадиган) нафақа берсин. Кимнинг ризқи танг қилинган (камбағал) бўлса, у ҳолда Аллоҳ ўзига ато этган нарсадан (яъни, ўз ҳолига яраша) нафақа берсин! Аллоҳ ҳеч бир жонни Ўзи унга ато этган (ризқ-рўз)дан бошқа нарсага таклиф қилмас (яъни, ҳар бир инсон фақат Аллоҳ ўзига ато этган ризқдан инфоқ қилишга таклиф қилинур). Аллоҳ танглик-камбағаллиқдан кейин енгиллик-бойликни ҳам (пайдо) қилур.

559-sahifa · 28-juz · 56-hizb559-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لِيُنفِقْnafaqa qilsinнафақа қилсинذُوegasiэгасиسَعَةٍۢkeng rizqкенг ризқمِّن-dan-данسَعَتِهِۦ ۖkengligidanкенглигиданوَمَنva kimningва кимнингقُدِرَtor qilingan boʻlsaтор қилинган бўлсаعَلَيْهِungaунгаرِزْقُهُۥrizqiризқиفَلْيُنفِقْbas, nafaqa qilsinбас, нафақа қилсинمِمَّآnarsadanнарсаданءَاتَىٰهُunga berganунга берганٱللَّهُ ۚAllohАллоҳلَاemasэмасيُكَلِّفُtaklif qilmasтаклиф қилмасٱللَّهُAllohАллоҳنَفْسًاhar bir nafsniҳар бир нафсниإِلَّاfaqatфақатمَآoʻsha narsaniўша нарсаниءَاتَىٰهَا ۚOʻzi unga berganЎзи унга берганسَيَجْعَلُtezda qilib berurтезда қилиб берурٱللَّهُAllohАллоҳبَعْدَsoʻngсўнгعُسْرٍۢqiyinchilikdanқийинчиликданيُسْرًۭاosonlikniосонликни
TafsirТафсир

Alloh taolo amr qilib aytadiki, taloq qilingan ayollaringizning oʻzingiz yashab turgan maskanda yashashiga imkon yarating.

«U(ayol)larga, imkoningiz boricha oʻzingiz yashab turgan joydan joy bering. Ularga siqishtirish maqsadida zarar yetkazmang.»

Yaʼni, taloq boʻldi deb, maskaningizdan chiqarib yubormang.

«Imkoningiz boricha» degani–hech qanday uzr, bahona topishga urinmang, joy yaxshi boʻlmasa, bundayrogʻi ham boʻlaveradi, deganidir.

«Agar homilador boʻlsalar, to homilalarini qoʻygunlaricha ularga nafaqa beringlar.»

Taloq qilingan ayol homilador boʻlsa, taloq qiluvchi er uni tuqqunicha nafaqa bilan taʼminlab turishi kerak. Ushbu nafaqa taom, kiyim va maskan kabilarni oʻz ichiga oladi.

«Agar sizga (farzandni) emizib bersalar, haqlarini beringlar, oʻzaro yaxshilik bilan maslahat qilinglar.»

Agar ayol taloq qilgan eridan boʻlgan farzandni emizsa, xohlasa, emizgani uchun haq oladi. Bu haqning qancha boʻlishi «oʻzaro yaxshilik bilan maslahat qilinglar» degan amrga binoan kelishiladi.

Oralariga taloq tushgan eru xotin farzandni emizish haqini kelishishda,

«Agar qiyinchilikka uchrasangiz, u(er)ga boshqa ayol emizib berur».

Yaʼni, er boshqa begona ayol bilan shartnoma tuzib, unga haq berib, bolasini emizdiradi. Islom dini ayollarni qanchalik eʼzozlaganini ushbu hukmdan ham bilib olsa boʻladi. Taomi, kiyimi va maskani erining zimmasiga. Hatto bolani emizish tashvishi ham xotinning emas, balki erning zimmasida, uning burchi.

Taloq tushgandan soʻng iddasi chiqquncha taom, kiyim va maskan koʻrinishlarida ayolga beriladigan nafaqa miqdori qancha boʻladi?

«Rizqi keng kengligidan nafaqa qilsin.»

Boy-badavlat («rizqi keng») er nafaqani kattaroq qiladi. Ammo,

«Kimning rizqi tor boʻlsa, unga Alloh berganidan nafaqa qilsin.»

Agar erning «rizqi tor boʻlsa», yaʼni kambagʻal boʻlsa, «unga Alloh berganidan nafaqa qilsin».

Demak, kambagʻal er nafaqani oʻz holi-qudratiga qarab beradi. Undan ortiqcha talab qilishga xotinning haqqi boʻlmaydi. Chunki:

«Alloh har bir nafsni Oʻzi berganidan ortiqchaga taklif qilmaydi. Alloh qiyinchilikdan soʻng tezda osonlikni berur».

Ha, Alloh taolo ham «har bir nafsni Oʻzi berganidan ortiqchaga taklif qilmaydi». Bunda ham Alloh taoloning bandalariga mehrshafqati namoyon boʻlmoqda.

Ulamolarimiz «Alloh qiyinchilikdan soʻng tezda osonlikni beradi», degan jumlaning tasdigʻiga koʻplab misollarni keltirishgan. Ularning barchasida Alloh taologa yolborish, taqvo qilish ogʻirni yengil qilishi haqida soʻz ketadi.

Quyidagi oyatlarda esa, hidoyatdan yuz oʻgirganlarni ogohlantirish maqsadida, ularga oʻxshab isyonga ketganlarning oʻtmishda oqibati nima boʻlgani zikr qilinadi: