أَسْكِنُوهُنَّ مِنْ حَيْثُ سَكَنتُم مِّن وُجْدِكُمْ وَلَا تُضَآرُّوهُنَّ لِتُضَيِّقُوا۟ عَلَيْهِنَّ ۚ وَإِن كُنَّ أُو۟لَـٰتِ حَمْلٍ فَأَنفِقُوا۟ عَلَيْهِنَّ حَتَّىٰ يَضَعْنَ حَمْلَهُنَّ ۚ فَإِنْ أَرْضَعْنَ لَكُمْ فَـَٔاتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ ۖ وَأْتَمِرُوا۟ بَيْنَكُم بِمَعْرُوفٍ ۖ وَإِن تَعَاسَرْتُمْ فَسَتُرْضِعُ لَهُۥٓ أُخْرَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(ayol)larga, imkoningiz boricha, o`zingiz yashab turgan joydan joy bering. Ularga siqishtirish maqsadida zarar yetkazmang. Agar homilador bo`lsalar, to homilalarini qo`ygunlaricha ularga nafaqa beringlar. Agar sizga (farzandni) emizib bersalar, haqlarini beringlar, o`zaro yaxshilik bilan maslahat qilinglar. Agar qiyinchilikka uchrasangiz, u(er)ga boshqa ayol emizib berur.У(аёл)ларга, имконингиз борича, ўзингиз яшаб турган жойдан жой беринг. Уларга сиқиштириш мақсадида зарар етказманг. Агар ҳомиладор бўлсалар, то ҳомилаларини қўйгунларича уларга нафақа беринглар. Агар сизга (фарзандни) эмизиб берсалар, ҳақларини беринглар, ўзаро яхшилик билан маслаҳат қилинглар. Агар қийинчиликка учрасангиз, у(эр)га бошқа аёл эмизиб берур.Alauddin Mansour: Ularga (yaʼni, taloq qilinib, idda saqlayotgan ayollaringizga) oʻzlaringiz maskan tutgan — qudratingiz yetgan joydan maskan beringlar va ularni (turgan joylaridan) qisib chiqarish uchun ularga ziyon yetkazmanglar. Agar ular homilador boʻlsalar, u holda to homilalarini qoʻygunlaricha ularga nafaqa berib turinglar! Endi agar (taloq qilgan ayollaringiz) sizlar uchun (bola) emizsalar (yaʼni, oʻzlarining sizlardan boʻlgan bolalarini emizsalar), u holda ularning (emizganliklari uchun) ajr-haqlarini beringlar! Va (emizish, hamda uning haqqi xususida) oʻzaro yaxshilik bilan kelishib olinglar! Agar (kelisha olmasdan) tang holga tushsangizlar, u holda (ota) uchun (bolasini) boshqa (bir ayol) emizur. (Yaʼni, ota bolasini boshqa — begona ayolga emizdurur).Уларга (яъни, талоқ қилиниб, идда сақлаётган аёлларингизга) ўзларингиз маскан тутган — қудратингиз етган жойдан маскан беринглар ва уларни (турган жойларидан) қисиб чиқариш учун уларга зиён етказманглар. Агар улар ҳомиладор бўлсалар, у ҳолда то ҳомилаларини қўйгунларича уларга нафақа бериб туринглар! Энди агар (талоқ қилган аёлларингиз) сизлар учун (бола) эмизсалар (яъни, ўзларининг сизлардан бўлган болаларини эмизсалар), у ҳолда уларнинг (эмизганликлари учун) ажр-ҳақларини беринглар! Ва (эмизиш, ҳамда унинг ҳаққи хусусида) ўзаро яхшилик билан келишиб олинглар! Агар (келиша олмасдан) танг ҳолга тушсангизлар, у ҳолда (ота) учун (боласини) бошқа (бир аёл) эмизур. (Яъни, ота боласини бошқа — бегона аёлга эмиздурур).
Alloh taolo amr qilib aytadiki, taloq qilingan ayollaringizning oʻzingiz yashab turgan maskanda yashashiga imkon yarating.
«U(ayol)larga, imkoningiz boricha oʻzingiz yashab turgan joydan joy bering. Ularga siqishtirish maqsadida zarar yetkazmang.»
Yaʼni, taloq boʻldi deb, maskaningizdan chiqarib yubormang.
«Imkoningiz boricha» degani–hech qanday uzr, bahona topishga urinmang, joy yaxshi boʻlmasa, bundayrogʻi ham boʻlaveradi, deganidir.
«Agar homilador boʻlsalar, to homilalarini qoʻygunlaricha ularga nafaqa beringlar.»
Taloq qilingan ayol homilador boʻlsa, taloq qiluvchi er uni tuqqunicha nafaqa bilan taʼminlab turishi kerak. Ushbu nafaqa taom, kiyim va maskan kabilarni oʻz ichiga oladi.
«Agar sizga (farzandni) emizib bersalar, haqlarini beringlar, oʻzaro yaxshilik bilan maslahat qilinglar.»
Agar ayol taloq qilgan eridan boʻlgan farzandni emizsa, xohlasa, emizgani uchun haq oladi. Bu haqning qancha boʻlishi «oʻzaro yaxshilik bilan maslahat qilinglar» degan amrga binoan kelishiladi.
Oralariga taloq tushgan eru xotin farzandni emizish haqini kelishishda,
«Agar qiyinchilikka uchrasangiz, u(er)ga boshqa ayol emizib berur».
Yaʼni, er boshqa begona ayol bilan shartnoma tuzib, unga haq berib, bolasini emizdiradi. Islom dini ayollarni qanchalik eʼzozlaganini ushbu hukmdan ham bilib olsa boʻladi. Taomi, kiyimi va maskani erining zimmasiga. Hatto bolani emizish tashvishi ham xotinning emas, balki erning zimmasida, uning burchi.
Taloq tushgandan soʻng iddasi chiqquncha taom, kiyim va maskan koʻrinishlarida ayolga beriladigan nafaqa miqdori qancha boʻladi?
«Rizqi keng kengligidan nafaqa qilsin.»
Boy-badavlat («rizqi keng») er nafaqani kattaroq qiladi. Ammo,
«Kimning rizqi tor boʻlsa, unga Alloh berganidan nafaqa qilsin.»
Agar erning «rizqi tor boʻlsa», yaʼni kambagʻal boʻlsa, «unga Alloh berganidan nafaqa qilsin».
Demak, kambagʻal er nafaqani oʻz holi-qudratiga qarab beradi. Undan ortiqcha talab qilishga xotinning haqqi boʻlmaydi. Chunki:
«Alloh har bir nafsni Oʻzi berganidan ortiqchaga taklif qilmaydi. Alloh qiyinchilikdan soʻng tezda osonlikni berur».
Ha, Alloh taolo ham «har bir nafsni Oʻzi berganidan ortiqchaga taklif qilmaydi». Bunda ham Alloh taoloning bandalariga mehrshafqati namoyon boʻlmoqda.
Ulamolarimiz «Alloh qiyinchilikdan soʻng tezda osonlikni beradi», degan jumlaning tasdigʻiga koʻplab misollarni keltirishgan. Ularning barchasida Alloh taologa yolborish, taqvo qilish ogʻirni yengil qilishi haqida soʻz ketadi.
Quyidagi oyatlarda esa, hidoyatdan yuz oʻgirganlarni ogohlantirish maqsadida, ularga oʻxshab isyonga ketganlarning oʻtmishda oqibati nima boʻlgani zikr qilinadi: