QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Talaq surasi · Oyatсураси · Оят5

ذَٰلِكَ أَمْرُ ٱللَّهِ أَنزَلَهُۥٓ إِلَيْكُمْ ۚ وَمَن يَتَّقِ ٱللَّهَ يُكَفِّرْ عَنْهُ سَيِّـَٔاتِهِۦ وَيُعْظِمْ لَهُۥٓ أَجْرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bular Allohning sizga tushirgan amridir. Kim Allohga taqvo qilsa, uning gunohlarini kechirur va ajrini ko`paytirib berur.Булар Аллоҳнинг сизга туширган амридир. Ким Аллоҳга тақво қилса, унинг гуноҳларини кечирур ва ажрини кўпайтириб берур.Alauddin Mansour: Bu Allohning sizlarga nozil qilgan hukmidir. Kim Allohdan qoʻrqsa, (Alloh) uning yomonlik-gunohlarini oʻchirur va uning ajr-mukofotini ulugʻ qilur.Бу Аллоҳнинг сизларга нозил қилган ҳукмидир. Ким Аллоҳдан қўрқса, (Аллоҳ) унинг ёмонлик-гуноҳларини ўчирур ва унинг ажр-мукофотини улуғ қилур.

558-sahifa · 28-juz · 56-hizb558-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذَٰلِكَbularбуларأَمْرُamridirамридирٱللَّهِAllohningАллоҳнингأَنزَلَهُۥٓuni tushirganуни туширганإِلَيْكُمْ ۚsizgaсизгаوَمَنva kimва кимيَتَّقِtaqvo qilsaтақво қилсаٱللَّهَAllohgaАллоҳгаيُكَفِّرْkechirurкечирурعَنْهُundanунданسَيِّـَٔاتِهِۦgunohlariniгуноҳлариниوَيُعْظِمْva koʻpaytirib berurва кўпайтириб берурلَهُۥٓungaунгаأَجْرًاajriniажрини
TafsirТафсир

Avvalgi oyat tafsirida hayz koʻradigan ayollarning iddasi uch marta hayz koʻrib, undan poklanish ekanligini bilgan edik. Ammo hamma ayollar ham hayz koʻravermaydilar.

«Ayollaringizdan hayzdan noumid boʻlganlarining iddasi, agar shubhangiz boʻlsa, uch oydir.»

Yoshi ulugʻligi bois hayz koʻrishdan toʻxtagan ayollarni Qurʼoni Karim, hayzdan noumid boʻlganlar, deb atayapti. Bunaqa ayol taloq qilinsa, ushbu oyatdan maʼlum boʻlyaptiki, uch oy idda oʻtirar ekan.

«Hayz koʻrmaganlariniki ham.»

Yoshlari kichikligi tufayli hayz koʻrmaydiganlar ham uch oy idda oʻtiradilar.

Hayz koʻrmaydigan ayollarning uchinchi toifasi homiladorlardir.

«Homiladorlarning iddasi homilalarini qoʻymoqlikdir.»

Unday ayollar taloq qilinsalar, homilalarini tugʻishlari bilan iddalari chiqadi.

Taloq, idda va ularga tegishli boshqa masalalar oilaviy ajralishlarga bogʻliq boʻlgani uchun ularda bir-biriga zulm qilish ehtimoli koʻp. Shuning uchun ham, bu masalaga oid oyatlarda Alloh taolo qayta-qayta taqvoga chaqiradi.

«Kim Allohga taqvo qilsa, U zot uning ishida osonlik qilib beradir. Bular Allohning sizga tushirgan amridir. Kim Allohga taqvo qilsa, uning gunohlarini kechiradi va ajrini koʻpaytirib beradir.»

Endi, taloq qilingan ayolga idda davomida qanday muomalada boʻlish lozimligining bayoni keladi.