QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Talaq surasi · Oyatсураси · Оят4

وَٱلَّـٰٓـِٔى يَئِسْنَ مِنَ ٱلْمَحِيضِ مِن نِّسَآئِكُمْ إِنِ ٱرْتَبْتُمْ فَعِدَّتُهُنَّ ثَلَـٰثَةُ أَشْهُرٍ وَٱلَّـٰٓـِٔى لَمْ يَحِضْنَ ۚ وَأُو۟لَـٰتُ ٱلْأَحْمَالِ أَجَلُهُنَّ أَن يَضَعْنَ حَمْلَهُنَّ ۚ وَمَن يَتَّقِ ٱللَّهَ يَجْعَل لَّهُۥ مِنْ أَمْرِهِۦ يُسْرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ayollaringizdan hayzdan noumid bo`lganlarining iddasi, agar shubhangiz bo`lsa, uch oydir. Hayz ko`rmaganlariniki ham. Homiladorlarning iddasi homilalarini qo`ymoqlikdir. Kim Allohga taqvo qilsa, U zot uning ishida osonlik qilib beradir.Аёлларингиздан ҳайздан ноумид бўлганларининг иддаси, агар шубҳангиз бўлса, уч ойдир. Ҳайз кўрмаганлариники ҳам. Ҳомиладорларнинг иддаси ҳомилаларини қўймоқликдир. Ким Аллоҳга тақво қилса, У зот унинг ишида осонлик қилиб берадир.Alauddin Mansour: Ayollaringiz orasidagi (keksayib qolgani sababli) hayz koʻrishdan umid uzganlari, agar sizlar (ularning iddalari qancha davom etishi xususida) shubhalansangizlar, bas, (bilingiz-ki), ularning iddalari uch oydir, yana (hali-hanuz) hayz koʻrmagan (ayollar)ning (iddalari ham uch oydir). Homilador (ayol)larning (idda) muddatlari homilalarini qoʻyishlari (yaʼni, koʻz yorishlaridir). Kim Allohdan qoʻrqsa, (Alloh) uning ishini oson qilur.Аёлларингиз орасидаги (кексайиб қолгани сабабли) ҳайз кўришдан умид узганлари, агар сизлар (уларнинг иддалари қанча давом этиши хусусида) шубҳалансангизлар, бас, (билингиз-ки), уларнинг иддалари уч ойдир, яна (ҳали-ҳануз) ҳайз кўрмаган (аёллар)нинг (иддалари ҳам уч ойдир). Ҳомиладор (аёл)ларнинг (идда) муддатлари ҳомилаларини қўйишлари (яъни, кўз ёришларидир). Ким Аллоҳдан қўрқса, (Аллоҳ) унинг ишини осон қилур.

558-sahifa · 28-juz · 56-hizb558-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّـٰٓـِٔىva ular (ayollar)kiва улар (аёллар)киيَئِسْنَnoumid boʻlganlarноумид бўлганларمِنَ-dan-данٱلْمَحِيضِhayzdanҳайзданمِن-dan-данنِّسَآئِكُمْayollaringizdanаёлларингизданإِنِagarагарٱرْتَبْتُمْshubhangiz boʻlsaшубҳангиз бўлсаفَعِدَّتُهُنَّbas, ularning iddasiбас, уларнинг иддасиثَلَـٰثَةُuchучأَشْهُرٍۢoydirойдирوَٱلَّـٰٓـِٔىva ular (ayollar)kiва улар (аёллар)киلَمْemasэмасيَحِضْنَ ۚhayz koʻrmaganlarҳайз кўрмаганларوَأُو۟لَـٰتُva sohibalariва соҳибалариٱلْأَحْمَالِhomila (homiladorlar)ҳомила (ҳомиладорлар)أَجَلُهُنَّularning iddasiуларнинг иддасиأَنtoтоيَضَعْنَqoʻymoqlikdirқўймоқликдирحَمْلَهُنَّ ۚhomilalariniҳомилалариниوَمَنva kimва кимيَتَّقِtaqvo qilsaтақво қилсаٱللَّهَAllohgaАллоҳгаيَجْعَلqilib beradirқилиб берадирلَّهُۥungaунгаمِنْ-da-даأَمْرِهِۦishidaишидаيُسْرًۭاosonlikосонлик
TafsirТафсир

Avvalgi oyat tafsirida hayz koʻradigan ayollarning iddasi uch marta hayz koʻrib, undan poklanish ekanligini bilgan edik. Ammo hamma ayollar ham hayz koʻravermaydilar.

«Ayollaringizdan hayzdan noumid boʻlganlarining iddasi, agar shubhangiz boʻlsa, uch oydir.»

Yoshi ulugʻligi bois hayz koʻrishdan toʻxtagan ayollarni Qurʼoni Karim, hayzdan noumid boʻlganlar, deb atayapti. Bunaqa ayol taloq qilinsa, ushbu oyatdan maʼlum boʻlyaptiki, uch oy idda oʻtirar ekan.

«Hayz koʻrmaganlariniki ham.»

Yoshlari kichikligi tufayli hayz koʻrmaydiganlar ham uch oy idda oʻtiradilar.

Hayz koʻrmaydigan ayollarning uchinchi toifasi homiladorlardir.

«Homiladorlarning iddasi homilalarini qoʻymoqlikdir.»

Unday ayollar taloq qilinsalar, homilalarini tugʻishlari bilan iddalari chiqadi.

Taloq, idda va ularga tegishli boshqa masalalar oilaviy ajralishlarga bogʻliq boʻlgani uchun ularda bir-biriga zulm qilish ehtimoli koʻp. Shuning uchun ham, bu masalaga oid oyatlarda Alloh taolo qayta-qayta taqvoga chaqiradi.

«Kim Allohga taqvo qilsa, U zot uning ishida osonlik qilib beradir. Bular Allohning sizga tushirgan amridir. Kim Allohga taqvo qilsa, uning gunohlarini kechiradi va ajrini koʻpaytirib beradir.»

Endi, taloq qilingan ayolga idda davomida qanday muomalada boʻlish lozimligining bayoni keladi.