QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Talaq surasi · Oyatсураси · Оят3

وَيَرْزُقْهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ ۚ وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بَـٰلِغُ أَمْرِهِۦ ۚ قَدْ جَعَلَ ٱللَّهُ لِكُلِّ شَىْءٍ قَدْرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va unga o`zi o`ylamagan tarafdan rizq berur. Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, unga U zotning O`zi kifoyadir. Albatta, Alloh O`z ishini yetkazuvchidir. Haqiqatan, Alloh har bir narsaga o`lchov qilib qo`ygandir.Ва унга ўзи ўйламаган тарафдан ризқ берур. Ким Аллоҳга таваккал қилса, бас, унга У зотнинг Ўзи кифоядир. Албатта, Аллоҳ Ўз ишини етказувчидир. Ҳақиқатан, Аллоҳ ҳар бир нарсага ўлчов қилиб қўйгандир.Alauddin Mansour: Va uni oʻzi oʻylamagan tomondan rizqlantirur. Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) Oʻzi unga yetarlidir. Albatta Alloh Oʻzi (xohlagan) ishiga yetguvchidir. (Uning xohishiga qarshi turguvchi kimsa yoʻqdir). Darhaqiqat, Alloh barcha narsa uchun miqdor-oʻlchov qilib qoʻygandir (yaʼni, hayotda roʻy beradigan har bir yaxshi-yomon voqea-hodisa yolgʻiz Alloh xohlagan — belgilagan vaqt va oʻlchovda roʻy beradi).Ва уни ўзи ўйламаган томондан ризқлантирур. Ким Аллоҳга таваккул қилса, бас, (Аллоҳнинг) Ўзи унга етарлидир. Албатта Аллоҳ Ўзи (хоҳлаган) ишига етгувчидир. (Унинг хоҳишига қарши тургувчи кимса йўқдир). Дарҳақиқат, Аллоҳ барча нарса учун миқдор-ўлчов қилиб қўйгандир (яъни, ҳаётда рўй берадиган ҳар бир яхши-ёмон воқеа-ҳодиса ёлғиз Аллоҳ хоҳлаган — белгилаган вақт ва ўлчовда рўй беради).

558-sahifa · 28-juz · 56-hizb558-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَرْزُقْهُva unga rizq berurва унга ризқ берурمِنْ-dan-данحَيْثُtarafтарафلَاemasэмасيَحْتَسِبُ ۚu oʻylamaganу ўйламаганوَمَنva kimва кимيَتَوَكَّلْtavakkal qilsaтаваккал қилсаعَلَى-ga-гаٱللَّهِAllohgaАллоҳгаفَهُوَbas, U zotning Oʻziбас, У зотнинг Ўзиحَسْبُهُۥٓ ۚunga kifoyadirунга кифоядирإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳبَـٰلِغُyetkazuvchidirетказувчидирأَمْرِهِۦ ۚOʻz ishiniЎз ишиниقَدْhaqiqatdaҳақиқатдаجَعَلَqilib qoʻyganқилиб қўйганٱللَّهُAllohАллоҳلِكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍۢnarsagaнарсагаقَدْرًۭاoʻlchovўлчов
TafsirТафсир

Oʻtgan oyatda, eridan ajragan ayol idda oʻtirishi lozimligi haqida va yana iddaga tegishli baʼzi gaplar haqida soʻz ketgan edi. Ushbu ikki oyatda esa, idda tugagandan keyin nimalar qilish toʻgʻrisida gap ketadi.

«Va ular muddatlariga yetsalar, yaxshilik bilan ushlanglar, yoki yaxshilik bilan ajralinglar va sizdan ikki adolatli kishini guvoh qilinglar.»

Ushbu jumladagi «Va ular muddatlariga yetsalar» degani, iddalari tugashiga yaqin qolsa, deganidir. Misol uchun, bir ayol taloq qilinadi. U uch marta hayz koʻrib, yana poklanguncha muddatda idda oʻtirmogʻi lozim. Demak, uchinchi poklik oxirlab qolganda er rajʼat qilib qaytarib olsa, oilaviy hayotlari davom etib ketaveradi.

«...yaxshilik bilan ushlanglar...»

Lekin ushbu qaytarib olish yaxshilik bilan, yaʼni, ayolga qattiq tegmasdan, taʼna qilmasdan, turli zararlar yetkazmasdan boʻlishi zarur. Aksincha, uzr soʻrab, yaxshi gapirib, sovgʻalar berib yarashmoq lozim.

Agar Alloh koʻrsatmasin, mabodo, idda tugashiga yaqin qolganda ham ajralish fikridan qaytmagan boʻlsa, unda ham yaxshilik bilan ajralish kerak.

«...yoki yaxshilik bilan ajralinglar...»

Tushunmagan kishilar unday paytda bir-birlarini dunyodagi barcha yomonliklar bilan ayblay boshlaydilar. Bunaqa boʻlmasligi kerak. Oʻtgan solih zotlardan birlari oʻz xotinlarini taloq qilganlarida, kishilar nima aybi uchun bu ayol taloq qilinganini soʻrashibdi. Shunda haligi zot: «Nima uchun aybini ochishim kerak? Agar qayta yarashib ketsam, oʻz xotinimni yomonlagan boʻlaman, yarashmasam, birovning xotinini yomonlagan boʻlaman», degan ekanlar.

Shariat boʻyicha, ajralayotgan ayolga er tomonidan sovgʻalar berish ham joriy qilingan. Bu ish boshiga mushkullik tushgan ayolning koʻnglini koʻtaradi va odamlarda ham turli yomon fikrlar tugʻilishidan qaytaradi. Ular: falonchi xotini bilan yaxshilikcha, sovgʻalar berib ajrashibdi, demak, boshqa bir uzrli sababga koʻra ajrashyaptilar ekan, deyishadi. Islomda har bir narsa, hatto ajralish ham yaxshilik bilan amalga oshishi kerak.

Xotinga rajʼat qilib yarashadigan boʻlsa ham yoki bir yoʻla ajrab ketadigan boʻlsa ham, musulmonlardan ikki kishini guvoh qilish kerak.

«...va sizdan ikki adolatli kishini guvoh qilinglar.»

Avvalo, adolatli shohidlar yaxshi amalli kishilar boʻladi, ular doimo yaxshilikni xohlaydilar, er-xotinning yarashib ketishiga harakat qiladilar. Eng muhimi, ular shak-shubha va har xil mish-mishlarning oldini olishga kerak boʻladi. Misol uchun, birov taloq haqidagi xabarni eshitgan-u, yarash haqidagini eshitmagan boʻlsa, har xil gumonlarga borishi mumkin. Guvohlar oʻsha gumonlarni koʻtaradi. Shuningdek, haq-huquqlarni aniqlashda ham yordam beradilar. Guvohlar adolatli boʻlishini ham Alloh taolo shart qilib qoʻymoqda. Yaʼni, ular komil musulmon boʻlib, biror ibodatni tark qilmagan, dinimiz manʼ qilgan narsalarga qoʻl urmagan, hech yolgʻon gapirmagan, taqvodor kishilar boʻlishlari shart. Guvohlik katta masʼuliyat, u kishilarning taqdirini belgilaydi. Kim guvohlik bersa, hushyor boʻlib, qasddan yolgʻon guvohlik berishlikdan xolis boʻlishi kerak. Shuning uchun ham, oyatda:

«Va guvohlikni Alloh uchun qilinglar», deyilmoqda.

Oyatning davomida Alloh taologa taqvo qilishning foydalari haqida soʻz yuritiladi.

«Bu ishingizdan, kimning Allohga va qiyomat kuniga iymoni boʻlsa, vaʼzlanur. Kim Allohga taqvo qilsa, U zot uning yoʻlini ochib qoʻyadir. Va unga oʻzi oʻylamagan tarafdan rizq berur.»

Yaʼni, kim Alloh taoloning buyurganini qilib, qaytarganidan qaytsa, bu dunyo va u dunyoning qiyinchiliklaridan chiqadigan yoʻlni Alloh taoloning Oʻzi koʻrsatib qoʻyadi. Taqvodor shaxsning mushkulini doimo Alloh taoloning Oʻzi yengil qilib turadi. Shu bilan birga, unga oʻzi oʻylab xayoliga ham kelmagan tomondan rizqu roʻz yetkazib beradi. Odatda, kishilar rizqu roʻzim serob boʻlsin, degan maqsadda taqvodan voz kechishadi. Bu esa, aksincha natijaga olib keladi. Ushbu oyati karimaning maʼnosidan kelib chiqadigan qoidaga binoan, taqvodorlik qiyinchiliklarning osonlashishi va rizqning oʻylamagan tarafdan kelishiga sabab boʻladi.

Yuqorida zikr etilgan ishlarda hiyla-nayrang koʻp ishlatiladi. Hiyladan qoʻrqishning oʻzi yangi hiylaga olib boradi. Shuning uchun, Qurʼoni Karim musulmonlarni Allohga tavakkal qilishga undab,

«Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, unga U zotning Oʻzi kifoyadir. Albatta, Alloh Oʻz ishini yetkazuvchidir. Haqiqatan, Alloh har bir narsaga oʻlchov qilib qoʻygandir», deydi.

Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhu «Qurʼondagi eng katta umidbaxsh oyat, ushbu «va man yattaqillaha yajʼal lahu maxrajan va yarzuqhu min haysu laa yahtasib» degan ekanlar.

Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisi sharifda Paygʻambar alayhissalom: «Albatta, banda qilgan gunohi tufayli rizqdan mahrum boʻladi. Qadarni duodan oʻzga hech narsa rad qila olmaydi, umrni yaxshilikdan oʻzga hech narsa ziyod qila olmaydi», deganlar.

«Kim Allohga tavakkal qilsa, unga U zotning Oʻzi kifoyadir», jumlasi tafsiriga ulamolarimiz quyidagi hadisni keltiradilar. Paygʻambar alayhissalom Abdulloh ibn Masʼudga qilgan nasihatlarida, jumladan: «...Va bilki, agar ummatning barchasi yigʻilib senga manfaat yetkazmoqchi boʻlsalar ham, Alloh sen uchun taqdir qilib qoʻygan narsadan oʻzga hech bir narsa qila olmaydilar. Agar senga zarar yetkazish uchun toʻplansalar ham, Alloh sen uchun taqdir qilib qoʻygan narsadan oʻzga hech bir narsa qila olmaydilar», deganlar.

Toʻrtinchi va beshinchi oyatlarda, katta va kichik yoshli hamda homilador ayollarning iddasi haqida soʻz ketadi.