QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Talaq surasi · Oyatсураси · Оят2

فَإِذَا بَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَأَمْسِكُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ أَوْ فَارِقُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ وَأَشْهِدُوا۟ ذَوَىْ عَدْلٍ مِّنكُمْ وَأَقِيمُوا۟ ٱلشَّهَـٰدَةَ لِلَّهِ ۚ ذَٰلِكُمْ يُوعَظُ بِهِۦ مَن كَانَ يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ ۚ وَمَن يَتَّقِ ٱللَّهَ يَجْعَل لَّهُۥ مَخْرَجًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ular muddatlariga yetsalar, yaxshilik bilan ushlanglar, yoki yaxshilik bilan ajralinglar va sizdan ikki adolatli kishini guvoh qilinglar. Va guvohlikni Alloh uchun qilinglar. Bu ishingizdan, kimning Allohga va qiyomat kuniga iymoni bo`lsa, va'zlanur. Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo`lini ochib qo`yadir.Ва улар муддатларига етсалар, яхшилик билан ушланглар, ёки яхшилик билан ажралинглар ва сиздан икки адолатли кишини гувоҳ қилинглар. Ва гувоҳликни Аллоҳ учун қилинглар. Бу ишингиздан, кимнинг Аллоҳга ва қиёмат кунига иймони бўлса, ваъзланур. Ким Аллоҳга тақво қилса, унинг йўлини очиб қўядир.Alauddin Mansour: Endi qachon (taloq qilgan ayollaringizning idda) muddatlari bitib qolsa, bas, ularni yaxshilik bilan olib qolinglar (yaʼni, qayta nikohllaringizga olinglar) yoki yaxshilik bilan (yaʼni, haqqi mahrlarini berib) ajrashinglar. Va (yarashib olib qolayotgan yoki ajrashib ketayotgan chogʻlaringda) oʻzlaringizdan (yaʼni, musulmonlardan) boʻlgan ikki adolat sohibini guvoh qilinglar va (guvoh boʻlguvchilar) guvohlikni Alloh uchun toʻkis ado qilinglar! Bu (hukm)dan faqat Allohga va Oxirat Kuniga iymon keltirguvchi boʻlgan kishi pand-ibrat olur. Kim Allohdan qoʻrqsa (yaʼni, yuqorida mazkur boʻlgan taloq qilish qonun-qoidalariga Allohdan qoʻrqqani uchun rioya etsa), U zot uning uchun (barcha gʻam-kulfatlardan) chiqar yoʻlni (paydo) qilur.Энди қачон (талоқ қилган аёлларингизнинг идда) муддатлари битиб қолса, бас, уларни яхшилик билан олиб қолинглар (яъни, қайта никоҳлларингизга олинглар) ёки яхшилик билан (яъни, ҳаққи маҳрларини бериб) ажрашинглар. Ва (ярашиб олиб қолаётган ёки ажрашиб кетаётган чоғларингда) ўзларингиздан (яъни, мусулмонлардан) бўлган икки адолат соҳибини гувоҳ қилинглар ва (гувоҳ бўлгувчилар) гувоҳликни Аллоҳ учун тўкис адо қилинглар! Бу (ҳукм)дан фақат Аллоҳга ва Охират Кунига иймон келтиргувчи бўлган киши панд-ибрат олур. Ким Аллоҳдан қўрқса (яъни, юқорида мазкур бўлган талоқ қилиш қонун-қоидаларига Аллоҳдан қўрққани учун риоя этса), У зот унинг учун (барча ғам-кулфатлардан) чиқар йўлни (пайдо) қилур.

558-sahifa · 28-juz · 56-hizb558-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِذَاbas, qachonkiбас, қачонкиبَلَغْنَular yetsalarулар етсаларأَجَلَهُنَّmuddatlarigaмуддатларигаفَأَمْسِكُوهُنَّbas, ularni ushlanglarбас, уларни ушлангларبِمَعْرُوفٍyaxshilik bilanяхшилик биланأَوْyokiёкиفَارِقُوهُنَّulardan ajralinglarулардан ажралингларبِمَعْرُوفٍۢyaxshilik bilanяхшилик биланوَأَشْهِدُوا۟va guvoh qilinglarва гувоҳ қилингларذَوَىْikki kishiniикки кишиниعَدْلٍۢadolatliадолатлиمِّنكُمْsizdanсизданوَأَقِيمُوا۟va toʻgʻri ado etinglarва тўғри адо этингларٱلشَّهَـٰدَةَguvohlikniгувоҳликниلِلَّهِ ۚAlloh uchunАллоҳ учунذَٰلِكُمْbu (ishingiz)бу (ишингиз)يُوعَظُvaʼzlanadiваъзланадиبِهِۦu bilanу биланمَنkimкимكَانَboʻlsaбўлсаيُؤْمِنُiymon keltirganиймон келтирганبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَٱلْيَوْمِva kunigaва кунигаٱلْـَٔاخِرِ ۚqiyomatқиёматوَمَنva kimва кимيَتَّقِtaqvo qilsaтақво қилсаٱللَّهَAllohgaАллоҳгаيَجْعَلqilib berurқилиб берурلَّهُۥungaунгаمَخْرَجًۭاchiqish yoʻliniчиқиш йўлини
TafsirТафсир

Oʻtgan oyatda, eridan ajragan ayol idda oʻtirishi lozimligi haqida va yana iddaga tegishli baʼzi gaplar haqida soʻz ketgan edi. Ushbu ikki oyatda esa, idda tugagandan keyin nimalar qilish toʻgʻrisida gap ketadi.

«Va ular muddatlariga yetsalar, yaxshilik bilan ushlanglar, yoki yaxshilik bilan ajralinglar va sizdan ikki adolatli kishini guvoh qilinglar.»

Ushbu jumladagi «Va ular muddatlariga yetsalar» degani, iddalari tugashiga yaqin qolsa, deganidir. Misol uchun, bir ayol taloq qilinadi. U uch marta hayz koʻrib, yana poklanguncha muddatda idda oʻtirmogʻi lozim. Demak, uchinchi poklik oxirlab qolganda er rajʼat qilib qaytarib olsa, oilaviy hayotlari davom etib ketaveradi.

«...yaxshilik bilan ushlanglar...»

Lekin ushbu qaytarib olish yaxshilik bilan, yaʼni, ayolga qattiq tegmasdan, taʼna qilmasdan, turli zararlar yetkazmasdan boʻlishi zarur. Aksincha, uzr soʻrab, yaxshi gapirib, sovgʻalar berib yarashmoq lozim.

Agar Alloh koʻrsatmasin, mabodo, idda tugashiga yaqin qolganda ham ajralish fikridan qaytmagan boʻlsa, unda ham yaxshilik bilan ajralish kerak.

«...yoki yaxshilik bilan ajralinglar...»

Tushunmagan kishilar unday paytda bir-birlarini dunyodagi barcha yomonliklar bilan ayblay boshlaydilar. Bunaqa boʻlmasligi kerak. Oʻtgan solih zotlardan birlari oʻz xotinlarini taloq qilganlarida, kishilar nima aybi uchun bu ayol taloq qilinganini soʻrashibdi. Shunda haligi zot: «Nima uchun aybini ochishim kerak? Agar qayta yarashib ketsam, oʻz xotinimni yomonlagan boʻlaman, yarashmasam, birovning xotinini yomonlagan boʻlaman», degan ekanlar.

Shariat boʻyicha, ajralayotgan ayolga er tomonidan sovgʻalar berish ham joriy qilingan. Bu ish boshiga mushkullik tushgan ayolning koʻnglini koʻtaradi va odamlarda ham turli yomon fikrlar tugʻilishidan qaytaradi. Ular: falonchi xotini bilan yaxshilikcha, sovgʻalar berib ajrashibdi, demak, boshqa bir uzrli sababga koʻra ajrashyaptilar ekan, deyishadi. Islomda har bir narsa, hatto ajralish ham yaxshilik bilan amalga oshishi kerak.

Xotinga rajʼat qilib yarashadigan boʻlsa ham yoki bir yoʻla ajrab ketadigan boʻlsa ham, musulmonlardan ikki kishini guvoh qilish kerak.

«...va sizdan ikki adolatli kishini guvoh qilinglar.»

Avvalo, adolatli shohidlar yaxshi amalli kishilar boʻladi, ular doimo yaxshilikni xohlaydilar, er-xotinning yarashib ketishiga harakat qiladilar. Eng muhimi, ular shak-shubha va har xil mish-mishlarning oldini olishga kerak boʻladi. Misol uchun, birov taloq haqidagi xabarni eshitgan-u, yarash haqidagini eshitmagan boʻlsa, har xil gumonlarga borishi mumkin. Guvohlar oʻsha gumonlarni koʻtaradi. Shuningdek, haq-huquqlarni aniqlashda ham yordam beradilar. Guvohlar adolatli boʻlishini ham Alloh taolo shart qilib qoʻymoqda. Yaʼni, ular komil musulmon boʻlib, biror ibodatni tark qilmagan, dinimiz manʼ qilgan narsalarga qoʻl urmagan, hech yolgʻon gapirmagan, taqvodor kishilar boʻlishlari shart. Guvohlik katta masʼuliyat, u kishilarning taqdirini belgilaydi. Kim guvohlik bersa, hushyor boʻlib, qasddan yolgʻon guvohlik berishlikdan xolis boʻlishi kerak. Shuning uchun ham, oyatda:

«Va guvohlikni Alloh uchun qilinglar», deyilmoqda.

Oyatning davomida Alloh taologa taqvo qilishning foydalari haqida soʻz yuritiladi.

«Bu ishingizdan, kimning Allohga va qiyomat kuniga iymoni boʻlsa, vaʼzlanur. Kim Allohga taqvo qilsa, U zot uning yoʻlini ochib qoʻyadir. Va unga oʻzi oʻylamagan tarafdan rizq berur.»

Yaʼni, kim Alloh taoloning buyurganini qilib, qaytarganidan qaytsa, bu dunyo va u dunyoning qiyinchiliklaridan chiqadigan yoʻlni Alloh taoloning Oʻzi koʻrsatib qoʻyadi. Taqvodor shaxsning mushkulini doimo Alloh taoloning Oʻzi yengil qilib turadi. Shu bilan birga, unga oʻzi oʻylab xayoliga ham kelmagan tomondan rizqu roʻz yetkazib beradi. Odatda, kishilar rizqu roʻzim serob boʻlsin, degan maqsadda taqvodan voz kechishadi. Bu esa, aksincha natijaga olib keladi. Ushbu oyati karimaning maʼnosidan kelib chiqadigan qoidaga binoan, taqvodorlik qiyinchiliklarning osonlashishi va rizqning oʻylamagan tarafdan kelishiga sabab boʻladi.

Yuqorida zikr etilgan ishlarda hiyla-nayrang koʻp ishlatiladi. Hiyladan qoʻrqishning oʻzi yangi hiylaga olib boradi. Shuning uchun, Qurʼoni Karim musulmonlarni Allohga tavakkal qilishga undab,

«Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, unga U zotning Oʻzi kifoyadir. Albatta, Alloh Oʻz ishini yetkazuvchidir. Haqiqatan, Alloh har bir narsaga oʻlchov qilib qoʻygandir», deydi.

Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhu «Qurʼondagi eng katta umidbaxsh oyat, ushbu «va man yattaqillaha yajʼal lahu maxrajan va yarzuqhu min haysu laa yahtasib» degan ekanlar.

Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisi sharifda Paygʻambar alayhissalom: «Albatta, banda qilgan gunohi tufayli rizqdan mahrum boʻladi. Qadarni duodan oʻzga hech narsa rad qila olmaydi, umrni yaxshilikdan oʻzga hech narsa ziyod qila olmaydi», deganlar.

«Kim Allohga tavakkal qilsa, unga U zotning Oʻzi kifoyadir», jumlasi tafsiriga ulamolarimiz quyidagi hadisni keltiradilar. Paygʻambar alayhissalom Abdulloh ibn Masʼudga qilgan nasihatlarida, jumladan: «...Va bilki, agar ummatning barchasi yigʻilib senga manfaat yetkazmoqchi boʻlsalar ham, Alloh sen uchun taqdir qilib qoʻygan narsadan oʻzga hech bir narsa qila olmaydilar. Agar senga zarar yetkazish uchun toʻplansalar ham, Alloh sen uchun taqdir qilib qoʻygan narsadan oʻzga hech bir narsa qila olmaydilar», deganlar.

Toʻrtinchi va beshinchi oyatlarda, katta va kichik yoshli hamda homilador ayollarning iddasi haqida soʻz ketadi.