ضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًا لِّلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ٱمْرَأَتَ نُوحٍ وَٱمْرَأَتَ لُوطٍ ۖ كَانَتَا تَحْتَ عَبْدَيْنِ مِنْ عِبَادِنَا صَـٰلِحَيْنِ فَخَانَتَاهُمَا فَلَمْ يُغْنِيَا عَنْهُمَا مِنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا وَقِيلَ ٱدْخُلَا ٱلنَّارَ مَعَ ٱلدَّٰخِلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh kufr keltirganlarga Nuhning xotini va Lutning xotinini misol qilib keltirdi. Ular bandalarimizdan ikki solih bandaning tagida edilar. Bas, ularga xiyonat qildilar va (erlari) ulardan Allohning azobini qaytara olmadilar va ularga: «Do`zaxga kiruvchilar bilan kiringlar», deyildi.Аллоҳ куфр келтирганларга Нуҳнинг хотини ва Лутнинг хотинини мисол қилиб келтирди. Улар бандаларимиздан икки солиҳ банданинг тагида эдилар. Бас, уларга хиёнат қилдилар ва (эрлари) улардан Аллоҳнинг азобини қайтара олмадилар ва уларга: «Дўзахга кирувчилар билан киринглар», дейилди.Alauddin Mansour: Alloh kofir boʻlgan kimsalar (va ularni moʻminlar bilan birga hayot kechirishlari ham Allohning azobidan qutqara olmasligi) haqida Nuhning ayoli va Lutning ayolini misol keltirdi. U ikkisi Bizning bandalarimizdan ikki solih banda qoʻl ostida edilar. Bas, u (ayol)lar (Nuh va Lutga) xiyonat qilgan edilar, (Nuh va Lut) Alloh(ning azobi)dan biron narsani u ikkisidan dafʼ qila olmadilar va (ularga) «Kirguvchilar bilan birga doʻzaxga kiringlar!», deyildi.Аллоҳ кофир бўлган кимсалар (ва уларни мўминлар билан бирга ҳаёт кечиришлари ҳам Аллоҳнинг азобидан қутқара олмаслиги) ҳақида Нуҳнинг аёли ва Лутнинг аёлини мисол келтирди. У иккиси Бизнинг бандаларимиздан икки солиҳ банда қўл остида эдилар. Бас, у (аёл)лар (Нуҳ ва Лутга) хиёнат қилган эдилар, (Нуҳ ва Лут) Аллоҳ(нинг азоби)дан бирон нарсани у иккисидан дафъ қила олмадилар ва (уларга) «Киргувчилар билан бирга дўзахга киринглар!», дейилди.
Nuh alayhissalomning xotinlari iymonda xiyonat qilgan. U kishini masxara qilganlarga qoʻshilib, u ayol ham oʻz eri Nuh alayhissalomni masxara qilar ekan.
Lut alayhissalomning xotinlari ham eʼtiqod ishida xiyonat qilgan. U gunohkor qavmga oʻz eri huzuriga kelgan mehmonlar haqida axborot berib turar ekan. Gunohkor qavm esa, kelib, ular bilan fohisha ish qilishga urinar edi. Bu ikki ayol Allohning ikki solih bandasi, ikki Paygʻambariga xotin boʻlishlariga qaramasdan, kufr holatida xiyonat qildilar. Ularni Allohga eng yaqin bandalarga xotin boʻlishlari qutqarib qolmadi. Ularga: doʻzaxga kiruvchilar bilan birga sizlar ham doʻzaxga kiringlar, deb aytildi.
Demak, har kim oʻzining iymoni va amaliga qarab jazo yoki mukofotini oladi. Qarindosh-urugʻlik, mansab, nasab, xasab foyda bermaydi.
Moʻminlarga Firʼavnning xotini va Bibi Maryamni misol qilib keltiriladi.