يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ جَـٰهِدِ ٱلْكُفَّارَ وَٱلْمُنَـٰفِقِينَ وَٱغْلُظْ عَلَيْهِمْ ۚ وَمَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey Nabiy! Kofir va munofiqlarga qarshi jihod qil va ularga mahkam tur. Ularning joyi jahannamdir va u joy qandoq ham yomon manzil!Эй Набий! Кофир ва мунофиқларга қарши жиҳод қил ва уларга маҳкам тур. Уларнинг жойи жаҳаннамдир ва у жой қандоқ ҳам ёмон манзил!Alauddin Mansour: Ey Paygʻambar, siz kofir va munofiqlarga qarshi kurashing va ularga qattiqqoʻl boʻling! Ularning joylari jahannamdir! Naqadar yomon oqibat bu!Эй Пайғамбар, сиз кофир ва мунофиқларга қарши курашинг ва уларга қаттиққўл бўлинг! Уларнинг жойлари жаҳаннамдир! Нақадар ёмон оқибат бу!
Ushbu oyatda Alloh taolo Islomning tashqi dushmanlari boʻlmish kofirlarga va ichki dushmanlari boʻlmish munofiqlarga qarshi jihod olib borishga amr qilyapti. Har ikki jabhada oʻziga mos uslub bilan ish olib borish zarur boʻladi. Ular bilan boʻladigan kurashda boʻsh kelmaslik, mahkam turish zarur. Surai karimaning soʻngida ikkita misol keltiriladi:
Biri–kofirlar misoli boʻlib, undan qochish kerak;
Ikkinchisi–moʻminlar misoli boʻlib, undan oʻrnak olish kerak.
Kofirlarning misoli Nuh va Lut Paygʻambarlarning xotinlari shaxslarida namoyon boʻladi.