QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tahrim surasi · Oyatсураси · Оят8

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ تُوبُوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ تَوْبَةً نَّصُوحًا عَسَىٰ رَبُّكُمْ أَن يُكَفِّرَ عَنكُمْ سَيِّـَٔاتِكُمْ وَيُدْخِلَكُمْ جَنَّـٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ يَوْمَ لَا يُخْزِى ٱللَّهُ ٱلنَّبِىَّ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَعَهُۥ ۖ نُورُهُمْ يَسْعَىٰ بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَبِأَيْمَـٰنِهِمْ يَقُولُونَ رَبَّنَآ أَتْمِمْ لَنَا نُورَنَا وَٱغْفِرْ لَنَآ ۖ إِنَّكَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Allohga xolis tavba qilinglar! Shoyadki, Robbingiz gunohlaringizni yuvsa va sizni (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritsa. Bir kundaki, unda Alloh Nabiyni va u bilan birga bo`lgan iymon keltirganlarni sharmanda qilmas. Ularning nurlari oldilarida va o`ng taraflarida yurib boradir. Ular esa: «Robbimiz, bizga nurimizni batamom qilib ber, gunohlarimizni kechir, albatta, Sen barcha narsaga qodirsan», derlar.Эй, иймон келтирганлар! Аллоҳга холис тавба қилинглар! Шоядки, Роббингиз гуноҳларингизни ювса ва сизни (дарахтлари) остидан анҳорлар оқиб турган жаннатларга киритса. Бир кундаки, унда Аллоҳ Набийни ва у билан бирга бўлган иймон келтирганларни шарманда қилмас. Уларнинг нурлари олдиларида ва ўнг тарафларида юриб борадир. Улар эса: «Роббимиз, бизга нуримизни батамом қилиб бер, гуноҳларимизни кечир, албатта, Сен барча нарсага қодирсан», дерлар.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, Allohga xolis tavba qilinglar, shoyadki, Parvardigoringiz sizlarning yomonlik-gunohlaringizni oʻchirib, ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritur. U Kunda Alloh Paygʻambarni va u bilan birga iymon keltirgan zotlarni sharmanda qilmas. Ularning nurlari oldilarida va oʻng tomonlarida yurur. Ular: «Parvardigoro, Oʻzing bizlarga nurimizni komil qilib bergin va bizlarni magʻfirat qilgin. Albatta Sen barcha narsaga qodirdirsan», derlar.Эй мўминлар, Аллоҳга холис тавба қилинглар, шоядки, Парвардигорингиз сизларнинг ёмонлик-гуноҳларингизни ўчириб, остидан дарёлар оқиб турадиган жаннатларга киритур. У Кунда Аллоҳ Пайғамбарни ва у билан бирга иймон келтирган зотларни шарманда қилмас. Уларнинг нурлари олдиларида ва ўнг томонларида юрур. Улар: «Парвардигоро, Ўзинг бизларга нуримизни комил қилиб бергин ва бизларни мағфират қилгин. Албатта Сен барча нарсага қодирдирсан», дерлар.

561-sahifa · 28-juz · 56-hizb561-саҳифа · 28-жуз · 56-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَ(siz) kimlarki(сиз) кимларкиءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларتُوبُوٓا۟tavba qilinglarтавба қилингларإِلَى-ga-гаٱللَّهِAllohgaАллоҳгаتَوْبَةًۭtavba bilanтавба биланنَّصُوحًاxolisхолисعَسَىٰshoyadkiшоядкиرَبُّكُمْRobbingizРоббингизأَن-ki-киيُكَفِّرَyuvsaювсаعَنكُمْsizdanсизданسَيِّـَٔاتِكُمْgunohlaringizniгуноҳларингизниوَيُدْخِلَكُمْva sizni kiritsaва сизни киритсаجَنَّـٰتٍۢjannatlargaжаннатларгаتَجْرِىoqib turganоқиб турганمِن-dan-данتَحْتِهَاostidanостиданٱلْأَنْهَـٰرُanhorlarанҳорларيَوْمَbir kundakiбир кундакиلَاemasэмасيُخْزِىsharmanda qilmasшарманда қилмасٱللَّهُAllohАллоҳٱلنَّبِىَّNabiyniНабийниوَٱلَّذِينَva oʻsha zotlarniва ўша зотларниءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганمَعَهُۥ ۖu bilan birgaу билан биргаنُورُهُمْularning nurlariуларнинг нурлариيَسْعَىٰyurib boradirюриб борадирبَيْنَoldilaridaолдиларидаأَيْدِيهِمْqoʻllariқўллариوَبِأَيْمَـٰنِهِمْva oʻng taraflaridaва ўнг тарафларидаيَقُولُونَular derlarулар дерларرَبَّنَآRobbimizРоббимизأَتْمِمْbatamom qilib berбатамом қилиб берلَنَاbizgaбизгаنُورَنَاnurimizniнуримизниوَٱغْفِرْva kechirва кечирلَنَآ ۖbizniбизниإِنَّكَalbatta, Senалбатта, Сенعَلَىٰ-ga-гаكُلِّbarchaбарчаشَىْءٍۢnarsagaнарсагаقَدِيرٌۭqodirsanқодирсан
TafsirТафсир

Bu oyatda Alloh taolo moʻmin bandalarini «tavbatan nasuuhan»ga buyurmoqda.

«Ey, iymon keltirganlar! Allohga xolis tavba qilinglar!»

Arab tilida «tavba» soʻzi «qaytish» maʼnosini anglatadi. Shariatda esa, gunohdan Allohga qaytishni bildiradi. «Nasuuhan» esa, xolis, jazm, sodiq nasihat qiluvchi maʼnolarini anglatadi. Demak, «tavbatan nasuuhan» birikmasi xolis tavba, jazm tavba, sodiq tavba, nasihatga tavba maʼnolarini anglatadi. Bu maʼno haqida koʻpgina fikrlar rivoyat qilingan. Jumladan, hazrati Umardan «Tavbai nasuuh» nima deb soʻralganda, u kishi: «Kishining yomon ishdan qaytib, soʻng unga abadiy qaytmasligidir», deb javob berganlar. Hadislardan birida shunday rivoyat qilinadi: «Islom oʻzidan avvalgi gunohlarni yuvib yuboradi, tavba ham oʻzidan avvalgi guvohlarni yuvib yuboradi». Yaʼni, bir kishi avval gunoh ishlarni qilib yurgan boʻlsa-yu, keyin musulmon boʻlsa, musulmon boʻlishidan avvalgi gunohlari musulmon boʻlishi bilan oʻz- oʻzidan yuvilib ketadi. Shuningdek, bir musulmon kishi bilmasdan gunoh ishni qilib yursa, keyin tushunib yetib tavba qilsa, yaʼni, chin koʻnglidan nadomat qilsa va qayta oʻsha ishni qilmaslikka ahdu paymon qilsa, bilmasdan qilgan avvalgi gunohlari yuvilib ketadi. Xolis tavba eshigining ochib qoʻyilishi siz bilan biz uchun Alloh taoloning katta neʼmatidir. Boshqa dinlarda tavba qilish juda ham qiyin, baʼzi ummatlarga tavba qilish uchun oʻzlari bir-birlarini oʻldirishlari buyurilgan. Islomda esa, tavba oson ish ekanini oʻzimiz koʻrdik. Lekin, hozir erta, vaqti kelganda tavba qilib olarmiz, degan fikr eng yomon fikr. Alloh taolo bilmasdan qilingan xatolarni tavba tufayli kechiradi, bilib, tushunib, qasddan qilinganlarini emas.

Tavbai nasuuh–xolis tavbaning samaralarini oyatning davomi bayon qiladi.

«Shoyadki, Robbingiz gunohlaringizni yuvsa...» yaʼni, birinchi samara — gunohlarning yuvilishidir.

Asosiy samara esa, qiyomat kunida, daraxtlari ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritadi.

«...va sizni daraxtlari ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritsa.»

U kunda yana boshqa holatlar boʻladi. Jumladan, Alloh taolo Paygʻambar alayhissalomni va u kishiga ergashgan moʻminlarni sharmanda qilmaydi.

«Bir kundaki, unda Alloh Nabiyni va u bilan birga boʻlgan iymon keltirganlarni sharmanda qilmas.»

Demak, boshqalarni sharmanda qiladi. Oʻsha kunda Paygʻambar alayhissalom va u kishiga ergashgan moʻminlarning oldida va oʻng tarafida yoʻllarini yoritib yuradigan nur boʻlar ekan.

«Ularning nurlari oldilarida va oʻng taraflarida yurib boradir. Ular esa, Robbimiz, bizga nurimizni batamom qilib ber, gunohlarimizni kechir, albatta, Sen barcha narsaga qodirsan, derlar.»

Qiyomat kunida moʻminlardan boshqalar zulmatda qoladilar. Moʻminlar yoʻlini esa, nur yoritib turadi. Ular zulmatda adashmaydilar, qoqilib-surilmaydilar ham.

Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisi sharifda Paygʻambar alayhissalom: «Ey Robbim, qiyomat kuni sharmanda qilmagin», deb duo qilganliklari keltirilgan.

Muhammad ibn Nasr Marvaziy Abu Dardo va Abu Zarrdan rivoyat qilgan hadisda ham ushbu oyatdagi maʼno bor. Paygʻambar alay- hissalom marhamat qilib aytadilarki: «Qiyomat kuni sajda qilishga birinchi izn berilgan shaxs men boʻlaman, sajdadan bosh koʻtarish uchun izn berilgan birinchi shaxs ham men boʻlaman. Boshimni koʻtarib, oldimga nazar solib, ummatlar ichidan oʻz ummatimni taniyman, oʻng tarafimga nazar solib, ummatlar ichidan oʻz ummatimni taniyman, chap tomonimga nazar solib, ummatlar ichidan oʻz ummatimni taniyman», dedilar. Bir kishi:

«Ey, Allohning Rasuli, ummatlar ichidan oʻz ummatingizni qandoq taniysiz?»–deb soʻradi. Ul zot:

«Tahoratning sababidan peshonalari va oyoq-qoʻllari yarqirab turganidan, ulardan boshqa hech bir ummat bundoq boʻlmaydi. Yana, nomai aʼmollari oʻng qoʻllaridan berilayotganidan taniyman. Sajda tufayli yuzlaridagi siymodan taniyman va oldilarida yoʻl koʻrsatib ketayotgan nurlaridan taniyman», dedilar.

Alloh taolo barchamizni ushbu belgilar bilan oʻzgalardan ajrab turadiganlardan qilsin!

Keyingi oyatda Alloh taolo Paygʻambar alayhissalomni kofir va munofiqlarga qarshi jihod qilishga buyuradi: