تَبَـٰرَكَ ٱلَّذِى بِيَدِهِ ٱلْمُلْكُ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qo`lida mulk bo`lgan Zot ulug`, muqaddas bo`ldi. U barcha narsaga qodirdir.Қўлида мулк бўлган Зот улуғ, муқаддас бўлди. У барча нарсага қодирдир.Alauddin Mansour: (Barcha olamlar) podshohligi Oʻz qoʻlida boʻlgan Zot — Alloh barakotli-buyukdir. U barcha narsaga qodirdir.(Барча оламлар) подшоҳлиги Ўз қўлида бўлган Зот — Аллоҳ баракотли-буюкдир. У барча нарсага қодирдир.
Yaʼni, oliy olamning ham, quyi olamning ham mulki Alloh taoloning qoʻlidadir. Ularni xohlaganicha tasarruf qiladi. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Qoʻlida mulk boʻlgan Zot» kimni xohlasa aziz qiladi, kimni xohlasa xor qiladi, tiriltiradi, ham oʻldiradi, boy qiladi, ham kambagʻal qiladi, beradi, ham oladi», degan ekanlar.
«U barcha narsaga qodirdir.»
Yaʼni, Uning qudrati tugaldir. Barcha ishlarda nizosiz tasarruf qiladi.
Bu sifatidan, yaʼni Oʻzining hamma narsaga qodirligidan bir koʻrinishni Alloh taolo ikkinchi oyatda bayon qiladi.