QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mulk surasi · Oyatсураси · Оят2

ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلْمَوْتَ وَٱلْحَيَوٰةَ لِيَبْلُوَكُمْ أَيُّكُمْ أَحْسَنُ عَمَلًا ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْغَفُورُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, o`lim va hayotni sizlarning qaysilaringiz amalda yaxshiroq ekanligingizni sinash uchun yaratdi. U aziyz va o`ta mag`firatlidir.У, ўлим ва ҳаётни сизларнинг қайсиларингиз амалда яхшироқ эканлигингизни синаш учун яратди. У азийз ва ўта мағфиратлидир.Alauddin Mansour: (Ey insonlar, U) sizlarning qaysilaringiz chiroyliroq-yaxshiroq amal qilguvchi ekanligingizni imtihon qilish uchun oʻlim va hayotni yarattan Zotdir. U qudratli va magʻfiratlidir.(Эй инсонлар, У) сизларнинг қайсиларингиз чиройлироқ-яхшироқ амал қилгувчи эканлигингизни имтиҳон қилиш учун ўлим ва ҳаётни яраттан Зотдир. У қудратли ва мағфиратлидир.

562-sahifa · 29-juz · 57-hizb562-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِىU zotkiУ зоткиخَلَقَyaratdiяратдиٱلْمَوْتَoʻlimniўлимниوَٱلْحَيَوٰةَva hayotniва ҳаётниلِيَبْلُوَكُمْsizlarni sinash uchunсизларни синаш учунأَيُّكُمْqaysilaringizқайсиларингизأَحْسَنُyaxshiroqяхшироқعَمَلًۭا ۚamaldaамалдаوَهُوَva Uва Уٱلْعَزِيزُazizdirазиздирٱلْغَفُورُoʻta magʻfiratlidirўта мағфиратлидир
TafsirТафсир

Oʻlim va hayotni Alloh taolo yaratgan, bu–haq! Odatda, avval hayot, soʻngra esa, oʻlim boshlanadi. Agar eʼtibor bersangiz, bu oyatda oʻlim avval keltirilyapti, buning hikmati odamlarni yaxshi amallarga chorlashdir. Chunki, oʻlimni eslagan odam doimo unga tayyorgarlik koʻradi va oʻlgandan soʻng sharmanda boʻlmaslik uchun oʻzini yaxshi ishlarga safarbar qiladi.

Darhaqiqat, hayot va oʻlim Alloh taoloning cheksiz qudratidan yorqin dalildur. Alloh taolo Oʻz maxluqotlaridan baʼzilariga hayot bergan va baʼzilariga bermagan. Hayot oʻzi nima? Qayerdan paydo boʻladi? Qandoq qilib? Uni tekshirib boʻladimi? Va shunga oʻxshash koʻplab savollarga hozircha javob yoʻq. Fan-texnika rivojlangan asrimizda hayotni laboratoriya yoʻli bilan yaratish uchun qoʻldan kelganicha urinilmoqda, lekin hech qanday natija boʻlmayapti. Boʻlmaydi ham. Amerikada inson hayotini oʻrganish uchun maxsus oliy ilm dargohlari uzoq muddat ishladi. Uning rahbari doktor Aleksis Karl bu ish uchun bir necha marta xalqaro mukofotlar oldi va nihoyat «Inson–majhul (noaniq) narsa» degan kitob yozdi.

Xuddi shuningdek, oʻlim ham murakkab narsa, bularni faqat barcha narsaga qodir Alloh taoloning Oʻzigina qila oladi.