QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mulk surasi · Oyatсураси · Оят16

ءَأَمِنتُم مَّن فِى ٱلسَّمَآءِ أَن يَخْسِفَ بِكُمُ ٱلْأَرْضَ فَإِذَا هِىَ تَمُورُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmondagi Zot sizlarni iztirobda harakatlanib turgan yerga yuttirib yuborishidan omonda bo`ldingizmi?Осмондаги Зот сизларни изтиробда ҳаракатланиб турган ерга юттириб юборишидан омонда бўлдингизми?Alauddin Mansour: (Ey Makka kofirlari,) yo sizlar (kofirligingizda oyoq tirab turaversangizlar,) osmondagi Zot sizlarni Yerga yuttirib yuborishidan, bas, banogoh (Yer) titroqqa tushib, (sizlarni bosib) qolishidan xotirjammisizlar (qoʻrqmaysizlarmi)?!(Эй Макка кофирлари,) ё сизлар (кофирлигингизда оёқ тираб тураверсангизлар,) осмондаги Зот сизларни Ерга юттириб юборишидан, бас, баногоҳ (Ер) титроққа тушиб, (сизларни босиб) қолишидан хотиржаммисизлар (қўрқмайсизларми)?!

563-sahifa · 29-juz · 57-hizb563-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ءَأَمِنتُمomonda boʻldingizmiомонда бўлдингизмиمَّنzotdankiзотданкиفِى-dagi-дагиٱلسَّمَآءِosmonосмонأَن(shundan)ki(шундан)киيَخْسِفَyuttirib yuborishidanюттириб юборишиданبِكُمُsizlarniсизларниٱلْأَرْضَyergaергаفَإِذَاbas, toʻsatdanбас, тўсатданهِىَuуتَمُورُiztirobda harakatlanib turadiизтиробда ҳаракатланиб туради
TafsirТафсир

«Osmondagi Zot»dan murod Alloh taolo, lekin bu gap «Alloh taolo osmonda» degani emas. Chunki, Alloh taolo makonga muhtoj emasdir. U makon va zamondan ustun zotdir. Ahli sunna va jamoa eʼtiqodiga binoan, «Alloh taolo yerda yoki osmonda» deyilishiga sabab, Uning xohishi va hukmi yeru osmonga barobar oʻtishi va Uning sultoni gʻolib ekanligidir.

Azob faqat yer yutishi bilan emas, balki boshqa narsalar bilan ham boʻladi. Bunga kelgusi oyatlar dalildir.