QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mulk surasi · Oyatсураси · Оят15

هُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَرْضَ ذَلُولًا فَٱمْشُوا۟ فِى مَنَاكِبِهَا وَكُلُوا۟ مِن رِّزْقِهِۦ ۖ وَإِلَيْهِ ٱلنُّشُورُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U sizlarga yerni bo`ysundirib qo`ygan Zotdir. Bas, aning turli joylarida yuring va Uning rizqidan yeng va qabrdan chiqib borish ham Uning huzuriga bo`ladir.У сизларга ерни бўйсундириб қўйган Зотдир. Бас, анинг турли жойларида юринг ва Унинг ризқидан енг ва қабрдан чиқиб бориш ҳам Унинг ҳузурига бўладир.Alauddin Mansour: U (Alloh) sizlar uchun Yerni hokisor-boʻysunguvchi qilib qoʻygan Zotdir. Bas, (yer)ning har tomonida (sayr-sayohat qilib yo tijorat bilan, yoki dehqonchilikni kasb qilib) yuraveringlar va (Allohning bergan) rizq-roʻzidan yenglar. Yolgʻiz Uning huzuriga tirilib chiqish — qaytish bordir.У (Аллоҳ) сизлар учун Ерни ҳокисор-бўйсунгувчи қилиб қўйган Зотдир. Бас, (ер)нинг ҳар томонида (сайр-саёҳат қилиб ё тижорат билан, ёки деҳқончиликни касб қилиб) юраверинглар ва (Аллоҳнинг берган) ризқ-рўзидан енглар. Ёлғиз Унинг ҳузурига тирилиб чиқиш — қайтиш бордир.

563-sahifa · 29-juz · 57-hizb563-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هُوَUУٱلَّذِىzotdirkiзотдиркиجَعَلَqilib qoʻydiқилиб қўйдиلَكُمُsizlargaсизларгаٱلْأَرْضَyerniерниذَلُولًۭاboʻysunuvchanбўйсунувчанفَٱمْشُوا۟bas, yuringlarбас, юрингларفِى-da-даمَنَاكِبِهَاuning turli joylaridaунинг турли жойларидаوَكُلُوا۟va yenglarва енгларمِن-dan-данرِّزْقِهِۦ ۖUning rizqidanУнинг ризқиданوَإِلَيْهِva Uning huzurigaва Унинг ҳузуригаٱلنُّشُورُqabrdan chiqib borishқабрдан чиқиб бориш
TafsirТафсир

Ulamolarimiz qadimdan ushbu oyati karimaning tafsirini Islomda mehnatga chorlash, rizqni terib yeyish, yer yuzining turli joylarida harakat qilish zarurligiga dalil qilib keltiradilar. Darhaqiqat, Alloh taolo yerni insonga boʻysundirib qoʻygan, lekin bu haqiqat hozirgi asrimizdagidek hech qachon yaqqol koʻzga tashlanmagan. Inson yerdan foydalanishning barcha turlarini ishga soldi. Bu oyatdagi «yuring» degan xitob musulmonlarni doimo kasbi-korga undagan va dangasalik, bekorchilikdan chetlatgan. Shu bilan birga, rizq Alloh taolodan boʻlishini unutmaslik zarurligini eslatgan. Yuqoridagi oyatda bandalarga berilgan neʼmatning bayoni boʻlgandan soʻng, kelasi oyatda noshukrlikning oqibati nima boʻlishi, insonga boʻysunib turli foydalar berib turgan yer bir kuni kelib larzaga tushishi, insonni yutib yuborishi ham mumkinligining bayoni keladi.