قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِنْ أَصْبَحَ مَآؤُكُمْ غَوْرًا فَمَن يَأْتِيكُم بِمَآءٍ مَّعِينٍۭ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ayt: «Aytinglar-chi, agar suvlaringiz yerga singib ketsa, sizlarga kim osongina topiladigan suvni keltirur?»Айт: «Айтинглар-чи, агар сувларингиз ерга сингиб кетса, сизларга ким осонгина топиладиган сувни келтирур?»Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, u mushriklarga) ayting: «Xabar beringiz-chi, agar (banogoh ichar) suvlaringiz (yer tubiga) singib ketar boʻlsa, u holda kim sizlarga oqar suv keltira olur?! (Jonsiz butlaringizmi?! Bas, nega u befoyda-bejon butlarni Mehribon Allohga sherik qilib oldingizlar?!)»(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, у мушрикларга) айтинг: «Хабар берингиз-чи, агар (баногоҳ ичар) сувларингиз (ер тубига) сингиб кетар бўлса, у ҳолда ким сизларга оқар сув келтира олур?! (Жонсиз бутларингизми?! Бас, нега у бефойда-бежон бутларни Меҳрибон Аллоҳга шерик қилиб олдингизлар?!)»
Alloh taolo kofirlarga Oʻzining fazlini eslatib qoʻymoqda. Suv har qadamda uchraydigan ulugʻ bir neʼmat–hayot manbai. Usiz hayotni tasavvur qilib boʻlmaydi. Biz esa, bu neʼmatning qadrini bilmaymiz, shukrini qilmaymiz. Oyatda zikr qilinganidek, Alloh taolo suvni yerga singdirib yuborsa, nima boʻladi? Hamma narsa halok boʻladi. Ayniqsa, hozirgi paytda suvning kamayishi oqibatida hosil boʻlayotgan muammolar koʻpayib borayotgan bir davrda bu haqiqatni toʻgʻri tushunmoq lozim. Mazkur oyat nozil boʻlganda mushriklarning rahbarlaridan biri, choʻqmor bilan keltiradi, degan ekan. Shu zahoti Alloh taolo uning koʻzining suvini ketkazib, koʻr qilib qoʻygan ekan.
Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam oʻz hadislarida marhamat qiladilarki: «Albatta, Allohning kitobida bir sura bor, uning oyatlari oʻttizta xolos, kishiga qiyomat kuni shafoat qiladi. Uni doʻzaxdan chiqarib, jannatga kiritadi. U «Taborak» surasidir».
Boshqa bir hadisi sharifda esa: «Mayyit qabrga qoʻyilgandan soʻng (azob farishtalari) oyoqlari tarafdan kelsalar, oyoqlar: «Sizning buning oldiga kelishingizga yoʻl yoʻq, chunki u biz bilan turib kechasidagi namozda «Mulk» surasi oʻqirdi», deydilar. Agar bosh tarafdan kelsalar, tili: «Sizning buning oldiga kelishingizga yoʻl yoʻq. Chunki, u men bilan «Mulk» surasini oʻqirdi, deydi», deyilgan.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam yana shunday deganlar: «Mulk surasi har bir moʻminning qalbida boʻlishini xohlardim».