قُلْ هُوَ ٱلرَّحْمَـٰنُ ءَامَنَّا بِهِۦ وَعَلَيْهِ تَوَكَّلْنَا ۖ فَسَتَعْلَمُونَ مَنْ هُوَ فِى ضَلَـٰلٍ مُّبِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ayt: «U Rohmandur, biz Unga iymon keltirdik va Unga tavakkal qildik. Bas, sizlar tezda kim ochiq-oydin xatoda ekanini bilursizlar».Айт: «У Роҳмандур, биз Унга иймон келтирдик ва Унга таваккал қилдик. Бас, сизлар тезда ким очиқ-ойдин хатода эканини билурсизлар».Alauddin Mansour: Ayting: «U (Alloh) Rahmon — Mehribondir. Bizlar Unga iymon keltirdik va yolgʻiz Uning Oʻziga tavakkul qildik — suyandik. Hali sizlar kim ochiq zalolatda ekanligini bilib olajaksizlar!»Айтинг: «У (Аллоҳ) Раҳмон — Меҳрибондир. Бизлар Унга иймон келтирдик ва ёлғиз Унинг Ўзига таваккул қилдик — суяндик. Ҳали сизлар ким очиқ залолатда эканлигини билиб олажаксизлар!»
Yaʼni, Alloh taolo Oʻzining Rohman sifati bilan bizga rahim qiladi, chunki biz Unga iymon keltirganmiz va ishlarimizda tavakkal qilganmiz. Alloh taoloning Oʻzi kim notoʻgʻri yoʻlda yurganini ham aniq biladi va bundan ogoh ham qiladi.