قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِنْ أَهْلَكَنِىَ ٱللَّهُ وَمَن مَّعِىَ أَوْ رَحِمَنَا فَمَن يُجِيرُ ٱلْكَـٰفِرِينَ مِنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ayt: «Aytinglar-chi, agar Alloh meni va men bilan bo`lganlarni halok qilsa yoki rahim qilsa, kofirlarni alamli azobdan kim qutqarib qoladir?!Айт: «Айтинглар-чи, агар Аллоҳ мени ва мен билан бўлганларни ҳалок қилса ёки раҳим қилса, кофирларни аламли азобдан ким қутқариб қоладир?!Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, u kofirlarga ayting: «Xabar beringiz-chi, agar Alloh meni va men bilan birga boʻlgan kishilarni halok qilsa yoki (umrimizni uzun qilish bilan) bizlarga rahm-shafqat qilsa, Oʻzining izn-ixtiyoridadir. Ammo endi kofirlarni (yaʼni, sizlarni) kim alamli azobdan himoya qilur?!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, у кофирларга айтинг: «Хабар берингиз-чи, агар Аллоҳ мени ва мен билан бирга бўлган кишиларни ҳалок қилса ёки (умримизни узун қилиш билан) бизларга раҳм-шафқат қилса, Ўзининг изн-ихтиёридадир. Аммо энди кофирларни (яъни, сизларни) ким аламли азобдан ҳимоя қилур?!
Mushriklar Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam va moʻminlarga oʻlim tilayaptilar. Ularni Alloh taolo yo halok qilar yoki rahim qilar. Lekin mushriklar oʻzlarini oʻylamaydilarmi? Axir, ular jar yoqasida turishibdi-ku! Alloh taoloning azobidan ularni kim qutqarib qoladi?