فَلَمَّا رَأَوْهُ زُلْفَةً سِيٓـَٔتْ وُجُوهُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَقِيلَ هَـٰذَا ٱلَّذِى كُنتُم بِهِۦ تَدَّعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas u(azob)ni yaqindan ko`rganda kufr keltirganlarning yuzlari qorayadir. Va ularga: «So`ragan narsangiz shu bo`lur», deyilur.Бас у(азоб)ни яқиндан кўрганда куфр келтирганларнинг юзлари қораядир. Ва уларга: «Сўраган нарсангиз шу бўлур», дейилур.Alauddin Mansour: Bas, qachonki ular (Qiyomat Kunida vaʼda qilingan azobni oʻzlariga) yaqin holda koʻrishgach, u kofirlarning yuzlari qorayib ketur va (ularga): «Mana shu sizlar istagan narsadir», deyilur.Бас, қачонки улар (Қиёмат Кунида ваъда қилинган азобни ўзларига) яқин ҳолда кўришгач, у кофирларнинг юзлари қорайиб кетур ва (уларга): «Мана шу сизлар истаган нарсадир», дейилур.
Yaʼni, qiyomat qoim boʻlib, azobning yaqinligini koʻrganda, qoʻrqqanidan kofirlarning yuzlari qorayib ketadi. Shunda ularga, «Yorugʻ dunyoda ishonmasdan, qachon boʻladi, deb soʻrab-surishtirib yurganingiz qiyomat, mana shu boʻladi», deyiladi.
Mushriklar Paygʻambar alayhissalom va moʻminlardan qutulish maqsadida: «Bular oʻlsa edi, qutulardik», deyishganda, Alloh taolo quyidagi oyatni tushirgan:
Ey Paygʻambar, sen ularga: