QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mulk surasi · Oyatсураси · Оят26

قُلْ إِنَّمَا ٱلْعِلْمُ عِندَ ٱللَّهِ وَإِنَّمَآ أَنَا۠ نَذِيرٌ مُّبِينٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ayt: «Albatta, ilm faqat Allohning huzuridadir. Va albatta, men yaqqol ogohlantiruvchiman, xolos».Айт: «Албатта, илм фақат Аллоҳнинг ҳузуридадир. Ва албатта, мен яққол огоҳлантирувчиман, холос».Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, ularga) ayting: «(Qiyomat qachon qoyim boʻlishi haqidagi) bilim yolgʻiz Allohning huzuridadir. Men faqat bir ochiq ogohlantirguvchidirman, xolos».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, уларга) айтинг: «(Қиёмат қачон қойим бўлиши ҳақидаги) билим ёлғиз Аллоҳнинг ҳузуридадир. Мен фақат бир очиқ огоҳлантиргувчидирман, холос».

563-sahifa · 29-juz · 57-hizb563-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْaytайтإِنَّمَاfaqatфақатٱلْعِلْمُilmилмعِندَhuzuridadirҳузуридадирٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَإِنَّمَآva faqatва фақатأَنَا۠menменنَذِيرٌۭogohlantiruvchimanогоҳлантирувчиманمُّبِينٌۭyaqqol (xolos)яққол (холос)
TafsirТафсир

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Islomning boshqa taʼlimotlari qatori, vaqti kelib qiyomat qoim boʻlishi, hisob-kitob qilinishi va har kim bu dunyoda qilgan amaliga yarasha jazo olishi va mukofotlanishi haqida ham gapirar edilar. Shunda Makka mushriklari: «Sen vaʼda qilayotgan qiyomat qachon boʻladi?»–deb soʻrashgan. Bu savol ishonmaslikdan kelib chiqqan edi. Qurʼoni Karim qiyomatni faqat Alloh taoloning Oʻzi bilishini, hatto Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam ham bilmasliklarini, u zot faqat ogohlantiruvchi ekanliklarini taʼkidlamoqda.

Islom taʼlimotidan bexabarlar esa, qiyomat haqida turli asossiz mish-mishlar tarqatib, kishilar orasida sarosima paydo boʻlishiga sabab boʻlmoqdalar.

Kelgusi oyatda qiyomatda boʻladigan baʼzi holatlar zikr qilingan.