وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَـٰذَا ٱلْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ular: «Agar rostgo`y bo`lsangiz, bu va'da qachon bo`lur?» – derlar.Ва улар: «Агар ростгўй бўлсангиз, бу ваъда қачон бўлур?» – дерлар.Alauddin Mansour: Ular: «Agar rostgoʻy boʻlsangizlar (aytinglar-chi), ushbu vaʼda (qilingan Qiyomat Kuni) qachon boʻladi?», derlar.Улар: «Агар ростгўй бўлсангизлар (айтинглар-чи), ушбу ваъда (қилинган Қиёмат Куни) қачон бўлади?», дерлар.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Islomning boshqa taʼlimotlari qatori, vaqti kelib qiyomat qoim boʻlishi, hisob-kitob qilinishi va har kim bu dunyoda qilgan amaliga yarasha jazo olishi va mukofotlanishi haqida ham gapirar edilar. Shunda Makka mushriklari: «Sen vaʼda qilayotgan qiyomat qachon boʻladi?»–deb soʻrashgan. Bu savol ishonmaslikdan kelib chiqqan edi. Qurʼoni Karim qiyomatni faqat Alloh taoloning Oʻzi bilishini, hatto Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam ham bilmasliklarini, u zot faqat ogohlantiruvchi ekanliklarini taʼkidlamoqda.
Islom taʼlimotidan bexabarlar esa, qiyomat haqida turli asossiz mish-mishlar tarqatib, kishilar orasida sarosima paydo boʻlishiga sabab boʻlmoqdalar.
Kelgusi oyatda qiyomatda boʻladigan baʼzi holatlar zikr qilingan.