QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mulk surasi · Oyatсураси · Оят24

قُلْ هُوَ ٱلَّذِى ذَرَأَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ وَإِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ayt: «U sizlarni yer yuzida yaratgan, ko`paytirgan Zotdir. Va Uning huzuriga to`planursizlar».Айт: «У сизларни ер юзида яратган, кўпайтирган Зотдир. Ва Унинг ҳузурига тўпланурсизлар».Alauddin Mansour: Ayting: «U sizlarni Yer yuzida yaratib qoʻygan Zotdir. Sizlar (Qiyomat Kunida) yolgʻiz Unga toʻplanursizlar».Айтинг: «У сизларни Ер юзида яратиб қўйган Зотдир. Сизлар (Қиёмат Кунида) ёлғиз Унга тўпланурсизлар».

563-sahifa · 29-juz · 57-hizb563-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْaytайтهُوَUУٱلَّذِىshunday zotdirkiшундай зотдиркиذَرَأَكُمْsizlarni yaratgan, koʻpaytirganсизларни яратган, кўпайтирганفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиوَإِلَيْهِva Uning huzurigaва Унинг ҳузуригаتُحْشَرُونَtoʻplanursizlarтўпланурсизлар
TafsirТафсир

Agar Alloh taolo yaratmasa va eng muhimi, inson naslini koʻpayishga qobiliyatli qilib qoʻymasa, nima boʻlardi? Hech qachon inson oʻzini-oʻzi yarata olmasdi. Alloh taolodan oʻzga yaratuvchi zot ham yoʻq! Inson koʻpayib turmasa, tezda uning nasli ham yoʻqolib ketadi. Demak, doimo Alloh taologa shukr qilib yashash kerak.

Shuningdek, inson bu dunyoda yashashning har lahzasida oxiratda hammaning toʻplanishi Alloh taoloning huzurida boʻlishini, oʻshanda bu dunyodagi har bir ish hisob-kitob qilinishini unutmasligi lozim.

Kofirlar oxiratdagi toʻplanish haqida soʻz ketishi bilan, darhol, quyidagi oyatda kelgan savolni beradilar: